MEN YURTIMGA NIMA BERDIM?
Ota-onam tufayli men,
Yorug' dunyo yuzin ko'rdim.
Yarim umrim yashadi-mu,
Men yurtimga nima berdim?
Tuprog'im deb borim beray,
Tomirimdan qonim beray,
Yurtim uchun jonim beray,
Hali yurtga nima berdim?
Oldin men ham tuproq edim,
Yaratildim inson bo'ldim,
Shu vatanda o'ynab kuldim,
Men-chi, yurtga nima berdim?
Yuqoriga qaytishXORAZM XIVAM!
Asrlar osha kelayotgan,
Ikki ming besh yuz yosh ko'rgan,
Butun dunyoga tanilgan
Xorazm, Xivam mani.
Yelkasi yerga tegmagan,
Dunyoda tengin topmagan,
Pahlavon Mahmud yashagan
Xorazm, Xivam mani.
Osmon o'par minorasi,
Ko'ringlar Ichan qal'asin,
Doim sizni xushnud qilsin
Xorazm, Xivam mani.
Qadim qal'alar gulidir,
Xonliklarning biridur,
Shaharlarning piridur,
Xorazm, Xivam mani.
Feruz, Munisdir fahri,
Xorazmningdir ko'rki,
Doniyor shoirning yurti,
Xorazm, Xivam mani.
Yuqoriga qaytishMEHRIBON ONAJONIM
To'qqiz oy qornidayu,
Ikki yilcha qo'lida,
Butun umr qalbida,
Saqlagan onajonim.
Gar men bir xato qilsam,
Lek, xatoyim aytmasam,
Otam aybimni bilsa,
Oqlagan onajonim.
Yaxshi bo'lish istasang,
O'qimishli bo'lay desang,
Ishonchimni oqlar bo'lsang.
O'qi degan onajonim.
Qancha ko'p she'rlar yozsam,
Siz uchun bular ham kam,
Men uzoqda bo'lsam ham,
Xabar olgan onajonim.
Onam deyman har doim,
Bo'libgina muloyim,
Farzandingiz Doniyor shoir,
Orzu qilgan onajonim.
Yuqoriga qaytishSEVGIGA ISHONCH
Inson o'zi bir bora,
Chindan sevib qoladi.
Gar qadriga etmasa,
Sevganidan ayriladi.
Keyin boshqa birovni
Ko'ngil uchun sevadi.
Lekin ilk muhabbati
Muhrlanib qoladi.
Birov boshqa birovni
Sevishini bilmaydi.
Hech ham sevmagan inson
Sevgiga ishonmaydi.
Do'stlar, sevgini bilmay,
Sevgi yo'q deb o'ylamang.
Birov sevgi yolg'on desa,
Sinamay yolg'on demang.
Yuqoriga qaytishKO'HNA DUNYO
Sevishganlar sharobidan,
Quruq sevgi girdobidan,
Behuda ishq azobidan,
Saqla meni, ko'hna dunyo!
Sevgi-muhabbat yoniga,
Sevishganlarning o'yiga,
Ishq va sevgining yo'liga,
Yo'latmagin, ko'hna dunyo!
Istamayman muhabbatni,
Dardlarga to'lgan azobni,
Ko'zga ko'rinmas tuzoqni,
Uchratmagin, ko'hna dunyo!
Asli, sevgi yomon ekan,
Ishq-muhabbat yolg'on ekan,
Chin sevgi ham, bormikan?
Bilolmadim, ko'hna dunyo!
Uchratdim ko'p qizlarni,
Topolmadim chin yorni,
Behudaga Doniyorni,
Yig'latmagin, ko'hna dunyo!
Yuqoriga qaytishYODINGDAMU?
Vasling mendan uzoqlashar bora-bora,
Ne sababdan, yo shunchalik yomonmanmu?
Tong otguncha gaplashishlar va ilk bora
O'ng qo'lingdan ushlaganim yodingdamu?
Yigit sevsa qiz qo'lidan ushlar axir,
Tong otguncha sevgidan so'z boshlar axir,
Sevganimni izhor etib birinchi bor
Qo'llaringdan ushlaganim yodingdamu?
Muhabbatdan tashvish solib yuragingga,
Sekingina sevaman deb qulog'ingga,
Yuragingning tomiri bor barmog'ingga
Ko'nglim uzugin taqqanim yodingdamu?
Sen menga va men senga uzoq tikilib,
Sen va men ishq bog'ida sevib-sevilib,
Sevishimning isboti ko'zimni yumib
Yonog'ingdan bir o'pganim yodingdamu?
O'sha kunlarga yana qaytgim keladi,
Qaytolmay, ko'nglimda armon bo'ladi,
Doniyor unutolmay eslab yuradi
Visol onlar, baxtli damlar yodingdamu?
Yuqoriga qaytishDO'ST
Qanday do'stdan ko'ngling to'ladi?
Xaqiqiy do'st ona bo'ladi.
Do'stim degan tengdoshlaringdan
Do'stingda ham hasad bo'ladi.
Do'stim-ku, deb ishonib inson
Ichidagi sirin aytadi.
O'z ichingda saqlolmading-ku,
Uni do'sting qanday saqlaydi?
Gar onangga aytsang siringni,
Onang senga maslaxat berar.
Gar otangga aytsang siringni,
Otang senga yo'lin ko'rsatar.
Yuqoriga qaytish AYTISHUV
Qiz: Faqat ketmang meni tashlab,
Uzun tunlar qorong'u.
Men qolurman yig'lab-yig'lab,
Dilimda yonar qayg'u.
Faqat ketmang meni tashlab,
Ko'zlarimda marjon yosh.
Ne qildim men sizni tanlab,
Taqdirga bermay bardosh.
Yigit: Jonim, sizsiz yasholmayman,
Hayotim to'xtab qolar.
Sizni tashlab ketsam agar,
Yurak bag'rim qon bo'lar.
Sizsiz, yolg'iz muhabbatim,
So'nmas orzuim mening.
Sizsiz, yurakdan sevganim,
Butun borlig'im mening.
Qiz: Faqat ketmang meni tashlab,
Kulga aylanur skvgim.
Kutib yashashdan charchab,
Sovib qolur yuragim.
Faqat ketmang meni tashlab,
Butun umrim kuyadi.
Yurakkinam sizni qo'msab,
Olov bo'lib yonadi.
Yigit: Sevgilim, sizni asrayman,
Siz qaro ko'zim mening.
Men sizni tashlab ketmayman,
Yigitlik so'zim mening.
Sizsiz yasholmayman netay,
Yurak meni qiynaydi.
Sizni tashlab qayga ketay,
G'ururim yo'l qo'ymaydi.
Qiz: Faqat ketmang meni tashlab,
Yurakkinam xo'rlanar.
Har bir olgan nafasimda,
Nomingiz takrorlanar.
Faqat ketmang meni tashlab,
Bilasiz yuragim cho'g'.
Yasholmayman sizsiz netay,
Sizsiz menga hayot yo'q.
Yigit: Sizni tashlab ketolmayman,
Yuragim bo'ysunmaydi.
Yurak, har bir urushida,
Faqat sizni eslaydi.
Shu paytgacha hayolimda,
Ayriliqning daragi yo'q.
Sizga dunyo bo'lsa menga,
Sizsiz jannat keragi yo'q.
---------------------------
Yigit: D. Sobirov
Qiz: M. Ahrorova
Yuqoriga qaytishONAJON
Men doimo baxtliman,
Chunki sizday onam bor.
Ollohga shukur deyman,
Mening sizday onam bor.
Jondan aziz singlim, ukam,
Begonadur g'am-alam,
Yaqin kelmas tashvish ham,
Chunki sizday onam bor.
O'g'lim kata bo'lsin deb,
Hamma xavas qilsin deb,
Asil inson bo'lsin dnb,
Orzu qilgan onam bor.
Yuqoriga qaytishONAMGA NOLISHIM
Sizdan keyin, tengi yo'q bir go'zalni
Sevaman deb ado bo'ldim, onajon.
Ko'ngil berib ishongan muhabbatdan
Bir umrga judo bo'ldim, onajon.
Sevganimcha men bag'oyat sho'x edim.
Sevganimda esa tengi yo'q edim.
U-malika, men o'zimcha shoh edim
Endi esa gado bo'ldim, onajon.
Men ishongan, yorim mendan kechganda,
Yolg'iz do'stim, sirlarimni ochganda,
Bu dunyoda boshga tashvish tushganda,
Qadringizni endi bildim, onajon.
Yorning tabassumi vaqtincha ekan,
Tashvish kelsa, do'st ham tashlab ketarkan,
Xatto, yorug' dunyo, o'tkinchi ekan,
Hayotda shishaday sindim, onajon.
Sabr-toqat qildim g'am, tashvish kelsa,
Chidash qiyin ekan ayriliq bo'lsa,
Nahot, yorug' dunyo shundayin o'tsa,
Sevgi muhabbatdan so'ndim, onajon.
Yuqoriga qaytishXORAZM FARZANDIMAN
Sharqu g'arbga tanilgan,
Yurtimni barcha sevgan,
Zo'r san'atga ega bo'lgan,
Xorazm farzandiman.
Men o'zbekning o'g'liman.
Dushmanga bo'ysunmagan,
engilishdan or qilgan,
Yigit g'ururin bilgan,
Jalol bobom avlodiman.
Men Xorazm farzandiman.
Ona yurtim o'zimning,
Yurtidir to'y-bazmning,
Lazgisi bor Xorazmning,
Ona yurtim dilbandiman.
Men Xorazm farzandiman.
Yuqoriga qaytishYASHAYMAN
Baxt yo'qotib, boylik topgandan ko'ra,
Mayli g'arib bo'lib, hayot yashayman.
Boy bo'lib, gap-so'zga qolgandan ko'ra,
Oddiy shoir bo'lib, avlod yashayman.
Dunyoning bag'ri keng, barchaga etar,
Insonlar hayotga kelar va ketar,
Negadir keng dunyo shoshilib o'tar,
Shoshilinch dunyoda shoshib yashayman.
Qaro er ustida yashaydi inson,
Sokin va moviy rang, musaffo osmon,
Qanday sharoitda bo'lsa ham zamon,
O'zbekistonim deb, yonib yashayman.
Tinch-totuv, mustaqil, O'zbekistonda,
Bobolarim yashagan ona diyorda,
Bir bora berilgan yorug' dunyoda,
Onajonim uchun kulib yashayman.
Yuqoriga qaytishSEVGILIM
Muhabbat chin bo'lsa, ko'rsatsin kuchin,
Ayt, jonim, sen meni aldading nechun?
Sen menga xiyonat qilganing uchun,
Men sendan umidim uzdim, sevgilim!
Mening sevgimga zavqlanib kulding,
Sevmasang, ayt, nechun qo'lingni berding,
Umid qilmang mendan akajon, deding,
Mayli umidimni uzdim, sevgilim!
Sevgidan gapirsam, kungling qoladi,
Ilk muhabbat o'tkinchi havas bo'ladi,
Keyingi sevgi ham unutiladi,
Sendan umidimni uzdim, sevgilim!
Men ilk muhabbatim unutgan kabi
Seni ham unutarman hayotda balki.
Unut bo'lar insonga omadsiz sevgi,
Men sendan umidim uzdim, sevgilim.
Sevib bilarmikan o'zgani desam,
Hali hayot oldinda, sevasiz, deding.
Mayli, jonim, sen shuni xohlasang agar,
Sendan umidimni uzdim, sevgilim!
Meni buncha baxtsiz qilsa ham, yo rabb,
Kecha kunduz yolg'iz ollohdan so'rab,
Men senga chin dildan buyuk baxt tilab,
Sendan umidimni uzdim, sevgilim!
Olloh nega meni buncha qiynadi,
Yorning yuragiga sevgi bermadi,
Doniyorga muhabbat nasib qilmadi,
Men sendan umidim uzdim sevgilim!
Yuqoriga qaytishO'ZGA QIZ
Har kuni qorong'u tushishi bilan
Bo'ysunmas yuragim bezovtalanar.
Bu qaytmas kunlarim o'tishi bilan
Meni sog'intira boshladi kimdir,
Meni o'ylantira boshladi kimdir.
Kechasi uhlolmay bedor tunlarim,
Men tongni kutyapman, vayron o'ylarim,
O'zimga bo'ysunmay qoldi hayolim,
Meni sogintira boshladi kimdir,
Yuragimga tashvish tashladi kimdir.
Kimnidir o'ylayman, kim u, bilmayman.
O'ylamay deyman-u, yana o'ylayman,
O'ylab ham kimligin bila olmayman,
Meni sog'intira boshladi kimdir,
Yuragimga tashvish tashladi kimdir.
O'zga qiz dardida ado bo'ldim men,
Nechun hayolimdan judo bo'ldim men,
Kimga yuragimni fido qildim men,
Chindan sog'intira boshladi kimdir,
Yuragimga tashvish tashladi kimdir.
Sevgi muhabbatdan boshim aylandi,
Yuragim ezildi, bag'rim qon bo'ldi,
Doniyorning ko'ngli ho'p vayron bo'ldi,
Bilmam, sog'intira boshladi kimdir,
Yuragimga tashvish tashladi kimdir.
Yuqoriga qaytishILK MUHABBATIM
Hayolimdan ketmaysan,
Sevimli muhabbatim.
Yuragimdan urgansan,
Mening ilk muhabbatim.
Birinchi bor ko'rganimda,
Surishtirib bilganimda,
Men o'shanda sevgan edim,
Birinchi muhabbatim.
Mening dardim bilolmading,
Yo atayin shunday qilding,
Nega meni sevolmading.
Birinchi muhabbatim.
Mening dilim vayron etding,
Oxir maqsadingga etding,
Sen o'zgani sevib ketding,
Birinchi muhabbatim.
Endi seni sevolmayman.
Sevgi izhor qilolmayman,
Faqatgina o'ylayman,
Birinchi muhabbatim.
Yoshlikda sevar eding,
Endi nega bunday qilding,
Doniyor ko'nglin og'ritding,
Birinchi muhabbatim.
Yuqoriga qaytishG'UNCHANI SEVING!
Gulni ko'rib, g'unchani seving,
Toki yomon urug' bo'lmasin.
Sizga bo'lgan muhabbati tez,
Hazon bo'lib, so'lib qolmasin.
Oldin o'ylab va sinab seving,
Toki butun umr kuymasin.
Tikoni bor g'unchani sevib,
So'ngra sevgi armon bo'lmasin.
Sinab ko'rib, g'unchani seving,
Yot bulbulga ko'ngil ochmasin.
Toza, xushbo'y ifor o'rniga,
Alam qilar-zahar sochmasin.
Xushbo'y qizil g'unchani seving,
Bulbul bo'lib qo'ning ustiga.
Atrofida parvona bo'ling,
Sayrab-sayrab to'ying vasliga.
Bulbul bo'lib sayrang,do'stlarim,
Tikoni bor gulga qo'nmanglar.
Ayriliqning kuyini kuylab,
Doniyorday ado bo'lmanglar.
Yuqoriga qaytishSOG'INDIM
Tongda turib onajonim esladim,
Kutayotgan mehribonim esladim,
Ota-onam, ukam, singlim esladim,
Onajonim men sizlarni sog'indim!
Onajonim, eslamagan kunim yuq,
Sog'iniblar yig'lamagan tunim yo'q,
Vaqt o'tmaydi o'tmay qolgan kunim yuq,
Onajonim, chindan sizni sog'indim
Ortga qaytmas mard bo'lishni o'rgatgan,
Baxtim o'ylab halollikga yo'latgan,
Qiyin, ammo, mehnat yo'lin ko'rsatgan,
Otajonim, men sizlarni sog'indim!
Baxting uchun mehnat qilib charchama,
Qisqa o'ylab oson yo'lni tanlama,
Bardam bo'lgin, qoqilsang ham yiqilma,
Deya takror aytgan otam, sog'indim!
Meni sog'ingan va orziqib kutgan,
Meni ko'rib tashvishlarin unutgan,
Ko'rganida boshi osmonga etgan,
Jondan aziz singlim, seni sog'indim!
Bir so'zimni hech ham ikki qilmagan,
Maslahatim diqqat bilan tinglagan,
Urushsam ham mendan hafa bo'lmagan,
Singlim, seni juda-juda sog'indim!
Ukaginam, sensan mening tayanchim,
Bir ish qilsam yonimdagi yordamchim,
Bu dunyoda o'zingdirsan ishonchim,
Ukaginam, seni juda sog'indim!
Urushsam yerga qarab jim turarding,
Erkaliging faqat menga qilarding,
Endi esa ancha ulg'ayib qolding,
Erkaginam seni juda sog'indim.
Yuqoriga qaytishOTAJONIM
Buvi-buvamlarni dedingiz,
Onajonim yonib sevdingiz,
Ukamlarni jonim dedingiz,
Mehribonsiz menga, otajon.
Maqsad ila shoshilsam yelsam,
G'am-tashvishdan qayg'uda qolsam,
Yo'llarimda qattiq qoqilsam,
Suyanaman sizga, otajon.
Bir kuni men ota bo'lsam ham,
O'z erkimni o'zim bilsam ham,
Ellik yoshga to'lib qolsam ham.
Bolaman men sizga, otajon.
Bola bo'lib, qadringiz bildim,
Shoir bo'lib, sizga she'r bitdim,
Doniyor nomim unutdim, lekin
Unutmadim sizni, otajon.
Yuqoriga qaytishSINFDOSHLARIM
Maktab chog'im hamon esimda,
Unitilmas zamon esimda,
Ilk muhabbat, armon, esimda,
Sog'indim men, ey, sirdoshlarim,
Salom sizga, sinfdoshlarim!
Bolalikda qadrdon edik,
G'am-tashvish yo'q, sho'x-shodon edik,
Ulg'ayganda qadrini bildik,
Sog'indim men, ey, sirdoshlarim,
Salom sizga, sinfdoshlarim!
Ustozimiz o'qi deb aytdi,
O'shanda kim qadriga etdi,
Yoshlik buncha tez o'tib ketdi,
Sog'indim men, ey, sirdoshlarim,
Salom sizga, sinfdoshlarim!
Oradan vaqt o'tibdi ancha,
Gul bo'libdi, hatto gul-g'uncha,
Ey Doniyor, ezilma buncha,
Sog'indim men, ey, sirdoshlarim,
Salom sizga, sinfdoshlarim!
Yuqoriga qaytishUNUTMAGIN
Faqatgina, men senga baxt bahsh etaman,
Faqat senga, yurak dardlarim aytaman,
Jonim, meni kutgin albatta qaytaman,
Sevsang agar, jonim, meni unutmagin!
O'zga seni sevdim deya qilsa faryod,
Kimni sevishing tanlagin, qalbinga boq,
Meni sevsang, unutmaslik ilojin top,
Sevgang agar, jonim, meni unutmagin!
Bu dunyoda sen boshqani yor etmagin,
O'zgani deb, meni yig'latib ketmagin,
Meni sevsang, mendan o'zgani kutmagin.
Sevsang agar, jonim, meni unutmagin!
Qayda yursam, jonim, seni o'ylayman,
Seni o'ylamasam, tinch yurolmayman,
Hech qachon men seni unutolmayman,
Sevsang agar, sen ham meni unutmagin.
Yuqoriga qaytishMUHABBATNING SINOVLARI
Mushtday yuragim sezadi,
O'yu hayolim buzadi,
Meni bunchalar ezadi,
Muhabbatning sinovlari.
Hayotimga mazmun berar,
Bir bora imkon tug'ilar,
Bajarmasam armon bo'lar,
Muhabbatning sinovlari.
Belgilar nikoh to'yini,
Hayotning taqdir o'yini,
Eng shirini va qiyini,
Muhabbatning sinovlari.
Hayolimni o'g'irladi,
Shafqat neligin bilmadi,
Meni bunchalar qiynadi,
Muhabbatning sinovlari.
Talabalik yillarimda,
Hayotimning zo'r davrida,
Tugun bo'ldi yuragimda,
Muhabbatning sinovlari.
Ayta olmay dil izhorni,
Ancha qiynab qo'ydi yorni,
Ado qildi Doniyorni,
Muhabbatning sinovlari.
Yuqoriga qaytishO'ZBEK TILIM
O'z huquqin talab qilgan o'zbek elim,
O'z tilini saqlab turgan o'zbek elim,
O'z tiliga ega bo'lgan o'zbek elim,
Davlat tiling muborak, O'zbekistonim!
Faxri bo'lgan mustaqillik bayrog'i bor,
Fuqorolar erkin tanlash huquqi bor,
Jahon ichra o'zbegimning o'z tili bor,
Til bayraming muborak, ona diyorim!
Burchin bajarib yurt ishonchin oqlagan,
Farzandlaring bu yurt uchun jonin bergan,
Til ilmida Qashg'ariydek olim bo'lgan
Davlat tiling muborak, O'zbekistonim!
Til, bordurki, o'zbek degan millat ham bor,
Til bordirki, shu sababli insonlar bor,
Tili borki, mu staqil yurt davlatlar bor,
O'zbek tiling muborak, O'zbekistonim!
Bizni mustaqqil qilgan bu-o'zbek tilim,
Va qadimdan so'zlarga boy-o'zbek tilim,
O'zbekiston, davlat tili-o'zbek tilim,
Davlat tiling muborak, O'zbekistonim!
Yuqoriga qaytishOTA-ONA
Olloh sendan umidim.
Eng asosiy tilagim,
Urishi uchun yuragim,
Ota-onam sog' bo'lgay,
Umrlari uzoq bo'lgay!
Shuncha mehnat qildilar,
Endi rohatin ko'rgay,
Bizlarni o'qitdilar,
Ota-onam sog' bo'lgay,
Umrlari uzoq bo'lgay!
Qizim doktor bo'lsin degan,
Yurist ikki o'g'lim degan,
Doniyor shoir orzu qilgan,
Ota-onam sog' bo'lgay,
Umrlari uzoq bo'lgay!
Yuqoriga qaytishHAYOT
Hayot juda qiyin ekan,
O'z yurtim � o'z uyim ekan,
Eng keragi bilim ekan,
So'ng oxiri o'lim ekan.
Yashar doim yaxshi-yomon,
Lek hammaning nomi inson,
Hech kimniki bo'lmas zamon,
Bu dunyoda qilma armon.
Hayotda bo'l buyuk o'g'lon,
Yaxshi bo'lgin, bo'lma yomon,
Yomon bo'lsang, oqibatda
Yig'latadi seni armon.
Boylik izidan yugurma,
Birovlarga zinhor kulma,
Yomon bilan oshno bo'lib,
Yaxshilardan yuzing burma.
Bilim boshdan ketmaydi,
Vaqt o'tadi kutmaydi,
Doniyor o'g'lon chin dildan
Olim bo'lishni istaydi.
Yuqoriga qaytishTALABALIK YILLARIMDA
Hayot qiyinligin bildim,
O'qisam, shirinligin bildim,
Hayotimning oltin davri,
Talabalik davrim ekan.
Hayot mazmunin tushundim,
Oq va qorani tanidim,
Hayotimda odam bo'ldim,
Talabalik yillarimda.
Qiyinchiliklarni ko'rdim,
Ilmning qadrini bildim,
Sevishga ham ulgudim,
Talabalik yillarimda.
O'z-o'zimga ovqat qilib,
O'zim kiyimlarim yuvib,
Onajonim qadrin bilib,
Talabalik yillarimda.
Onam so'zlarin esladim,
Otam izlarin izladim,
Behuda vaqt o'tkazmadim,
Talabalik yillarimda.
Yuqoriga qaytishMEHRIBONIM
Qayda yursa farzandim degan,
Farzandi uchun yuragi urgan,
Bemor bo'lsam qoshimda turgan,
Onajonim, sizni sog'indim,
Mehribonim, sizni sog'indim.
Beshigimda allalar aytgan,
Katta bo'lsam ham-tashvish chekkan,
Har doimo jon bolam degan,
Onajonim, sizni sog'indim,
Mehribonim, sizni sog'indim.
Men o'qishga ketsam xaftalab,
Kechalari uyqusiz tunab,
Har bir o'tgan kunlarni sanab,
Kutgan onam, sizni sog'indim,
Va parvonam, sizni sog'indim.
Yoningizda yurganda hecham,
Qadringizni bimadim nechun,
Sizdan yiroq bo'lganim uchun,
Onajonim, sizni sog'indim,
Sog'indimu, eslab ezildim.
Yuqoriga qaytishYAXSHI NOM
Inson tuproqdan yaralgan,
U yana tuproq bo'ladi,
Dunyodan hamma ketar,
Faqat nomi qoladi.
Yaralgandur gunoh- savob,
Yuz savolga-yuzta javob,
Kimda bo'lsa imon-insof,
Undan yaxshi nom qoladi.
Yaxshi eshitar rahmat,
Yomon odam qilar tuhmat.
Har insonning o'ziga
Loyiq nomi qoladi.
Yomon bo'lsang, bir zumda
Shayton yo'ldan uradi.
Yaxshi bilan oxiratda
Olloh birga bo'ladi.
Kimki yolg'iz olloh desa,
U imonli bo'ladi.
Doniyor agar shoir bo'lsa,
Yozgan she'ri qoladi.
Yuqoriga qaytishO'Z-O'ZIMDAN XAFAMAN
Ne ish qilsam, barchasin
faqat o'zim qilurman
Ishim foydasiz bo'lsa,
men, aybdor deb bilurman.
"Mendan xafamisiz"- deb,
so'rading sen, yo'q, jonim,
Men sendan xafamasman,
o'z-o'zimdan xafaman.
Sen bilan gaplashganda
yo'q bo'lsa kayfiyatim,
"Xafa qildimmu"- deya,
so'rab qo'yasan, jonim,
Men sendan xafamasman,
o'z-o'zimdan xafaman.
Yuqoriga qaytishUNUTMA
Esingdami, senga bo'lgan muhabbatim?
Esingdami, yonib-yonib aytgan dardim?
Esingdami, telbalar kabi sevganim?
Unutdingmi, men senga oshiq bo'lganim?
Mayli meni unutsang ham,
Muhabbatim unutmasang bo'lgani.
Qanday gashtli edi yoshlik damlarim,
Sevib va sevilib yurgan kunlarim,
Hamon esimda baxtli onlarim,
Unutdingmi majnun kabi yonganim?
Mayli meni unutsang ham,
Muhabbatim unutmasang bo'lgani.
Ikkimiz sevgidan ayrilib qoldik,
Afsus, taqdir ekan endi tan berdik,
Ilojimiz yo'qdur, nima ham qildik,
Jonim, meni unutsang ham,
Muhabbatim unutmasang bo'lgani.
Haligacha men seni unutolmadim,
Seni sevdim, men boshqani seva olmadim,
Sevaman deb yoki qaytib bora olmadim,
Senchi jonim, aytgin meni unutding-mu?
Doniyor nomim unutsang ham,
Muhabbatim unutmasang bo'lgani.
Yuqoriga qaytishDUNYO MENI YIG'LATMAGIN
Dilimni vayron etmagin,
Muhabbatga yo'latmagin,
Ishq azobidan saqlagin,
Dunyo, meni yig'latmagin.
Sabr qilsam, tashvish o'tar,
Meni baxtli kunlar kutar,
Shuncha yig'laganim etar,
Meni boshqa yig'latmagin.
Menga bergan faqat qayg'u,
Bormi o'zi go'zal tuyg'u,
Ko'rdim tashvish, yo'latmagin,
Dunyo, meni yig'latmagin.
Bu dunyoni ko'rib netdim,
Azolardan afsus chekdim,
Tashvishlardan to'yib ketdim,
Meni boshqa yig'latmagin.
Yuqoriga qaytishISHQ
Gulga to'lib bahor kelganda,
Yuragimda havas uyg'ondi.
Men o'n sakkiz yoshga to'lganda,
Vujudimda ishq o'ti yondi.
Xayrlashdim bolalik bilan,
Boshda tashvish, qalbimda alam.
O'sha qizni ko'rdim qaydanim,
Hayolimni o'g'irlab oldi.
U qiz o'zin tanishtirdi-yu,
Keyin boshqa ko'rinmay qoldi.
Uni yana ko'rgim bor, chunki
Yuragimga g'ulg'ula soldi.
Paydo bo'ldi sevgi qalbimda,
Essiz, mening hushim yo'qoldi,
Mening mushtday bu yuragimda
Ishq-muhabbat adashib qoldi.
Sho'xlik qilib yurardim boshda,
Sevgi menga, begona edi.
Go'zal qiz deb, o'n sakkiz yoshda
Doniyor qalbi vayrona bo'ldi.
Yuqoriga qaytishAJABMAS
Oxunjonga bildirib olloh,
Muhriddin ham bildi ertaroq.
O'lim haqda qo'shiq aytdilar,
Men ham she'rlar yozsam, ajabmas.
Bu dunyodan hamma o'tadi,
Kimdir erta, kimlardir kechroq.
Men ham bir kun o'tib ketarman,
Elda nomim qolsa, ajabmas.
Orzuim bor, ro'yobga chiqmas,
Yozgan she'rim hech kimga yoqmas.
Endi menga baxt kulib boqmas,
So'ngi she'rim yozsam, ajabmas.
Menga oilam, onam vafodor,
Topolmadim chindan sevgan yor.
Bu dunyoda shoir Doniyor
Degan nomim bo'lsa, ajabmas.
Olloh olar bir kun jonimni,
Vayron qildi sevgi dilimni.
Hayotdagi so'ngi she'rimni
Kech qolmasdan yozsam, ajabmas.
Yuqoriga qaytish SAVOL-JAVOB
Savol: Sevgi bu kimlarga hazil va kulgu,
Sevgi bu kimlarga go'zal bir tuyg'u,
Sevgi bu kimlarga azob va qayg'u,
Bilmam sevgini kim qanday tushunar.
Javob: Sevgi bu sevmaganga hazil va kulgu,
Sevgi bu sevishganga go'zal bir tuyg'u,
Sevgi bu adashganga azob va qayg'u,
Har kim muhabbatni har hil tuhunadi.
Savol: Aytingchi, dunyoda sevgi bormikan,
Hozirgi sevganim yo bekormikan,
Maktabdagi muhabbat, sevar yormikan,
Jumboq bo'lib qoldi, menga muhabbat.
Javob: Ilk muhabbat insonga o'tkinchi havas,
Keyingi sevganing seni aldamas,
Haqiqiy muhabbat maktabda emas,
O'n sakkiz yoshingda chin ishq-muhabbat.
Yuqoriga qaytishAYOL
Umr oqar daryo ekan,
Bu tez o'tar dunyo ekan,
Orzularim hayol ekan,
Hayot guli ayol ekan.
Ayol oilada gul bo'lar,
Dunyoda doim bor bo'lar,
Yigitlarga chin yor bo'lar,
Hayot guli ayol bo'lar.
Toki dunyoda hayot bor,
Yigitlarga kerakdir yor,
Yoshlarniki quruq hayol,
Dunyo uchu kerak. ayol
Men nihoyat anglab etdim,
Hayotning mazmuni ayol.
Ayollarni har doimo,
E'zozlab madh etar Donyor.
Yuqoriga qaytishADASHDIM
Onam aytar, yoshligimda zo'r edim men,
Muhabbatdir yo'llarimdan adashtirgan.
Bu dunyoni ko'ra olmay ko'r bo'ldim men,
Muhabbatdir ko'zlarimni qamashtirgan.
O'qishlarim, ishlarim ham yaxshi edi,
Rubob chalib, kuy qo'shiqda baxshi edim,
Sportning ham, kasb-hunarning naqshi edim,
Muhabbatdir yo'llarimdan adashtirgan.
Muhabbat deb, o'z-o'zimdan gado bo'ldim,
Muhabbat deb, she'riyatda shaydo bo'ldim,
Muhabbat deb, yor vaslida ado bo'ldim,
Muhabbatdir yo'llarimdan adashtirgan.
Men o'zimni unutibman muhabbat deb,
Va ko'zimni ko'r qtlibman muhabbat deb,
Chin so'zimni hor qilibman muhabbat deb,
Muhabbatdir yo'llarimdan adashtirgan.
Yuqoriga qaytishAFSUS
Bu dunyoni armonsiz tark etolmayman,
Anglab yetdim orzuimga yetolmayman,
Kutmaganda sen hiyonat qilding menga,
Kechir sevgim endi senga qaytolmayman.
Qani edi yuragimga qorlar yog'sa,
Muhabbatim izlarini yuvib ketsa,
Shunda senga yurak dardim aytolmayman,
Kechir sevgim endi senga qaytolmayman
Seni yonib sevdim qadrimni bilmading,
Muhabbatimni nimaga kech anglading?
Yolg'iz meni sevgan sodiq yor bo'lmading,
Kechir sevgim ortiq seni sevolmayman.
Hayotda o'z yo'limni topib ketaman,
Sendan ajratgan yozga dardim aytaman,
Seni uchratgan kuzga yana qaytaman,
Kechir sevgim lekin senga qaytolmayman
Men sevgimni havolarga uchirdim.
Yuragimdan muhabbating o'chirdim.
Menga qilgan hiyonating kechirdim.
Kechirdimu, lekin endi qaytolmayman.
Yuqoriga qaytishALLA
Eng yoqimli kuy bu ona allasi.
Eng yoqimli so'z ham alla so'zidir.
Go'dak uchun alla uyqu da'vosi.
Doim davom etar ona allasi.
Kechalari alla aytib onajon.
Ukamlarga, menga mehr berdingiz,
Sog'indim men yana bir bor onajon,
O'g'lim orom olgin degan so'zingiz.
Yuqoriga qaytishARMON
Dilim vayron, bag'rim qon,
Chunki, men o'zim yomon.
Yashagim yo'q begumon,
Kechiring, jon-onajon.
Hayot menga bir armon,
Kimlar yaxshi � kim yomon.
Dilim vayron, bag'rim qon,
Kechiring, jon-otajon.
Men hayotda adashdim,
Hech kim mendek bo'lmagay.
Boshga tushib ko'z ochdim,
Buni yurak bilmagay.
Kengoq ochib ko'nglimni,
Vayron bo'lgan dilimni.
Men hayotdan to'yganda,
Yozdim ushbu she'rimni.
Arpa, bug'doy va paxta �
Hirmondan teriladi.
Umr esa ollohim
Tomondan beriladi.
Kimlargadir yuz yoshni,
Ollohim menga esa
Yigirmanchi bahorni
Bermagan ko'rinadi.
Yuqoriga qaytishAYOL
Senga atab she'rlar bitaman.
Visolingga yonib yetaman.
Chin so'zimni qalbdan aytaman.
Sen judayam go'zalsan ayol.
Yuragingda bordur muhabbat,
Bor go'zallik sendadur faqat,
Olloh bergan sabr va toqat,
Qalbi nozik ulug'san ayol.
Doniyor seni ulug'lar mudom,
Bo'l juftingga doim qadrdon,
Sen borsanki yashaydi inson,
She'rlarimga g'azalsan ayol.
Yuqoriga qaytish AYTISHUV
Yigit: Ahdu paymonimiz unutma jonim,
Unutsang dunyoni men tark etaman.
Sevgi-la, tirikman bu keng dunyoda,
Men sendan ayrilsam yashab netaman.
Qiz: Ishoning, bir umr sodiq qolaman
Toki mavjud ekan bu yorug' olam
Men sizdan og'ushlar sotib olaman
Sizni deyman xatto, u dunyoda ham.
Yigit: Qoshlaring kamondur, ko'zlaring ohu
Muhabbatim takror izhor etaman.
Bu yorug' hayotim sensiz qorong'u,
Men sendan ayrilsam yashab netaman.
Qiz: Men sizga bir umr sodiq qolaman
Men sizni o'ylayman har kun tong saxar
Faqatgina sizga chin yor bo'laman
Sizsiz egan oshim, osh emas � zahar.
Yuqoriga qaytishBAXTLI ONLAR
Kechir meni sevgilim,
To'yingga borolmadim.
Yuragim qiynalsa ham,
Hech buyruq berolmadim.
Ko'rgim keldi-yu, seni
Yuragim bo'ysunmadi.
O'zga bilan ko'rishga
G'ururim yo'l qo'ymadi.
Nega unday qilganing
Tushunaman, bilaman.
Ota-onang tufayli
Azoblarda yonaman.
Men sendan ayrilsam ham,
Sen men uchun yagona.
Ming bor agsuslar bo'lsin,
Endi bizlar begona.
Senga she'r yozayotib,
Qalamim cho'chib ketdi.
Yoshlikdagi voqea,
Esimga tushib ketdi.
Yoshligimiz eslayman,
Sen tengi yo'q qiz eding.
Shu damlarni qo'msayman,
Sevgan yorim siz derding.
Biz ilk uchrashgan damlar
Hali-hamon esimda.
Chumchuqlar sayrashardi
Chinorlarning uchinda.
Shu chinorlar ostida,
Har kuni uchrashardik.
Ishq-muhabbat sathida,
To'yolmay dardlashardik.
Kelmay qolsam sen mening,
Yo'llarimni poylarding.
Nega kelmadi deya,
Sog'iniblar yig'larding.
Senga qoyil qolardim,
Yerga boqib so'zlarding.
Agar meni sog'insang,
Yuragingdan izlarding.
Xuddi senga o'xshardi,
Sovg'a qilgan gullarim.
Sen uchun yozgan edim
Yuzdan ortiq she'rlarim.
Qayg'uni qilib obod,
Undan yonib yashayman.
Sobiq sevgim umrbod,
Seni sevib yashayman.
Mana bugun sen bilan,
Xufyona uchrasharmiz.
Baxtli yoshlikni eslab,
Bir to'yib dardlasharmiz.
Sen bilan uchrashishni,
Qalbim aldamayapti.
O'sha vaqtni kutishga,
Sabrim chidamayapti.
Soat o'n bir bo'lyapti,
Men tez yo'lga shaylanay,
Uchrashuvga ertaroq,
Borib yo'lingni poylay.
Yoshlikda aytgan edim,
Meni unutgin deya.
Bu dunyoda bo'lmasa,
U yoqda kutgin deya.
Ishq-muhabbat tufayli,
Mana ko'rishib oldik.
U dunyoga yetmasdan,
Uchrashishga ulgurdik.
Sen meni ko'rganingda,
Meni quchib yig'laysan.
Yo yig'lashga keldingmi?
Nega darding aytmaysan?
So'ng ko'zimga termulib,
O'zingni qo'lga olib,
"Nega shu yoshga kirib,
Uylanmadingiz?" � deysan.
O'yga tolib qolarsan,
"Baxtsizman" deysan keyin.
Gar sen baxtsizman desang,
Unda men nima deyin?
Sening baxting yoningda,
Menku, men axir yolg'iz.
Agarda men uylansam,
Osha qiz bo'lar baxtsiz.
Qalbim yonib bo'lgan cho'g'
Buni aniq bilaman.
Yuragimda bo'sh joy yo'q,
Chunki seni sevaman.
Yuqoriga qaytishBAXTSIZ KUNLARIM
Ne qilayin, tor bo'lsa olam.
Barchasiga chidaydi odam.
O'tdi qancha baxtsiz kunlarim,
O'tar mening bu kunlarim ham.
Bolaligim, xayr deb ketdi.
Ishqdan qalbim tashvishlar chekdi.
Qancha baxtsiz kunlarim o'tdi,
O'tar mening bu kunlarim ham.
Kunlar botib, tonglar otdi-ku,
Qancha tashvish kelib, ketdi-ku,
Sabr qildim, yillar o'tdi-ku,
O'tar mening bu kunlarim ham.
Ne qilayin, tor bo'lsa olam.
Barchasiga chidaydi odam.
O'tdi qancha baxtsiz kunlarim,
O'tar mening bu kunlarim ham.
Yuqoriga qaytishBEVAFO YOR
Yoring sening ko'ngling ovlay bildimu?
Turmush qurib endi ko'ngling to'ldimu?
Sevgan yoring aytchi menday bo'ldimu?
Boylikka aldanib adashgan yorim.
Ozgina sabr qilib kutsang bo'lardi,
Sevishimni onangga aytsang bo'lardi,
Balki shunda sening ko'ngling to'lardi.
Endi afsus ne kerak bevafo yorim.
Meni sevolmading chunki men g'arib,
Men esa charchadim seni ahtarib,
Men endi tushundim: qoldim aldanib,
Boylikni deb mendan kechdingmi yorim?
Boylikdan ham afzal muhabbatim bor,
Bir umrga etar sevgim sehri bor,
Muhabbatimning zo'r baland qasri bor.
Shu baland qasrdan kechdingmi yorim?
Yuqoriga qaytishBIR KUN KELARSAN
Yor, seni kutyapman ko'zlarim giryon,
Yuragim ezildi jamoling eslab.
O'tiraman xomush, ko'nglim parishon,
Telba bo'lib qoldim visoling qo'msab.
Yor, seni kutyapman yuragim vayron,
Faqat bir bor ko'ray etolmasam ham.
Sevishgan lahzalar o'tgan har bir on,
Meni kundan kunga qiynar tashvish-g'am.
Yor, seni kutyapman ko'nglimda armon,
Seni tezroq ko'rish orzusidaman.
Hech narsa bo'lolmas dardimga darmon,
Qayg'u alamlarning yog'dusidaman.
Yor, seni kutyapman har lahza, har on,
Hozir kelar deya seni o'ylayman.
Mayli kelmasang ham yurgin sog'-omon,
Qalbim navolarin oyga so'ylayman.
Orziqib kuiyapman, kutarman hamon,
Umrim oxirigacha kutaveraman.
Toki jismim ichra bor ekan bu jon,
Yolg'iz seni kutib o'taveraman.
Yuqoriga qaytishCHARCHADIM
Tashvishlardan ko'nglim ezib,
Bo'lar-bo'lmas vaqt o'tkazib,
Mardlik g'ururim ketkazib,
Seni sevihdan charchadim.
Yo'llaringni poylamayman,
Yuragimni qiynamayman,
Endi seni o'ylamayman,
Chunki, sevishdan charchadim.
O'ylamaysan keragimni,
Seni qattiq sevgan sayin.
Ado qilding yuragimni,
Ado bo'lishdan charchadim.
Yuqoriga qaytishDILDORA
Yolg'onmidi, mening uchun yig'laganing?
Yolg'onmidi, hurmat ila sizlaganing?
Bormay qolsam, yuragingdan izlaganing,
Axir meni sevardingku, Dildora.
Qilib ketding yuragimni ming pora.
Olov bo'lib sevgan edim men seni,
Nima uchun qo'llamading sevgimni?
Sevmasanggar nega qiynading meni?
Sevmasang ne ishontirding Dildora?
Qilib ketding yuragimni ming pora.
Men yonib sevibman, ayrilgim kelmas,
Sening aybingni hech, tan olgim kelmas,
Eshitganlarimga ishongim kelmas,
Xiyonat qildingmu, essiz, Dildora?
O'zgani dedingmu so'zsiz, Dildora?
Sevdim-u, oldingga shoshilib keldim,
G'ururim kuchini qochirib keldim,
Shu paytgacha seni kechirib keldim,
Endi qanday kechiray seni � Dildora?
Qilib ketding yuragimni ming pora.
Men senga muhabbat berolmadimmi?
Ulardan ortiqroq sevolmadimmi?
Sevishim isbotlab ulgurgan edim,
Qadrimni bilmading, essiz, Dildora.
So'zingda turmading so'zsiz Doldora.
Menga berilganmi armonda o'tish,
Keladigan baxtli kunlarni kutish,
Baxtsiz kunlarimni - seni unutish,
Eh, qiyin bo'lyapti menga, Dildora,
Qilib ketding yuragimni ming pora.
Yuqoriga qaytishDUNYO
Armonsiz yashagan odam bormikan?
Dardlardan ko'z yoshim bo'ldiku daryo.
Osmonday beg'ubor olam bormikan?
Shafqatsiz ekansan, armonli dunyo.
Gohida achchig'u, gohi boldaysan.
Gohida tikonli, gohi guldaysan.
Ne bo'lsa ham mendan rozi bo'lgaysan.
Seni tark etarman bir kuni, dunyo.
Tashvishlaringdan bu qalbim ezilar,
Bir kuni sendan ham qo'lim uzilar,
Meni ham shoshilib kutar avliyo,
Bir bora mexmonman, shafqat qil, dunyo.
Gohida kuldirib, gohi aldaysan.
Bir bora chaqirib, bir bor xaydaysan.
O'zing juda kensan, menga tordaysan.
Shunchalar shafqatsiz ekansan, dunyo.
Qayg'uli damlarning oxiri bormi?
Men kutgan yo'llarning sohili bormi?
Keng bag'ring, men uchun shunchalar tormi?
Shunchalar shafqatsiz ekansan, dunyo.
Yuqoriga qaytishDUNYO BU
Hayot shundan iboratmi:
Faqat tashvish, faqat g'am.
Kimga dunyo armon bo'lsa
Yana kimlarga alam.
Bir kun kelib qolar dunyo
Sizlardan ham, mendan ham
Ey, do'stlarim hafa bo'lmang
Bir kam dunyo ahir bu.
Oyning yarmi qorong'udir
Yarmi yorug' bo'ladi
Kimdir hecham sevolmaydi
Kimdir sevib qoladi
Kimdir yorga zor bo'ladi
Kimga nasib qiladi.
Ey, do'stlarim hafa bo'lmang
Bir kam dunyo ahir bu.
Shu paytgacha omadingiz
Kelmagan bo'lsa agar
Faqat do'stlar sabr qiling
Omadli kun oldindadir,
Boshingizga tushgan savdo
Bor mening boshimda ham
Ey, do'stlarim hafa bo'lmang
Bir kam dunyo ahir bu.
Yuqoriga qaytishEGIZAKLAR
(Xazil)
Bizning guruhda
Ikkita qiz bor.
Biri � Mohira
Biri � Umida.
Gul qirmizaklar
Ular egizaklar.
Mohi � Fotima
Umida � Zuhra.
Fotima asal
Zuhrasi go'zal
Shoir ularga
Yozadi g'azal.
Birisi yulduz
Birisi osmon
Ular haqida
Yaraldi doston.
Birini sevsang
Birisi armon
Javob topolmay
Doniyor hayron.
Hayot - zerikarli o'tgandan ko'ra,
Xazil mutoyibali o'tgani yaxshiroq.
Yuqoriga qaytishGO'RING
Eshitgandan go'rgan yahshi
Tarixini bilgan yahshi
Dim ulug'dir Hivam yoshi
Ota darvozasin go'ring!
Kalta minorasin go'ring!
Ziyod atib Polvon Pirni
Go'rib getting Feruz honni
Tomosho qiling Hivamni
Qo'sho darvozasin go'ring!
Ho'ja minorasin go'ring!
Ichon-deshon qal'asi bor
O'z yo'lina shevasi bor
"E, og'o..." dagan gapi bor
Galib qal'asini go'ring!
O'zga shevasini go'ring!
Ikki ming besh yuz yil yashab
Bugungi kunda yashnab
O'z taqdirin o'zi ushlab
Galyotirg'on Hivam go'ring!
Yuqoriga qaytishG'UNCHAM EDUNG
G'uncha eding, jonginam,
Bugun gulga aylanding.
Go'zal eding, jonginam,
Sen o'zgaga boylanding.
Qo'lingdagi baxt qushin
Ushlay olmay, boy berding.
Men uchun tor ko'nglingdan
Sen o'zgaga joy berding.
Mayli shunday bo'lsa ham
Men senga baht tilayman.
Orzularing so'ndirma
Men sen uchun kuylayman.
G'uncha eding, jonginam,
Gul bo'lmasdan so'ndingmi?
O'pichlarga, so'zlarga,
Ishondingmi? Ko'ndingmi?
Yuqoriga qaytishXALI SENI IZLAYMAN
Sen mening ushalmas orzuim, jonim.
Har kuni, har soat hayolimdasan.
Unutish qo'limdan kelmaydi seni,
Qo'limdan kelgani armonimdasan.
O'yib yozilgansan yurak toshimda,
Noming takrorlanar aqlu-hushimda,
Bir zumga uxlasam xatto tushimda,
Sevgilim, sen mening oromimdasan.
Sog'inaman, seni ko'rgim keladi,
Har kuni yoningga borgim keladi,
Bir umr sen bilan qolgim keladi,
Har soniya, sen mening xumorimdasan.
Sog'inganim yolg'iz qolsam bilinar,
Faqat seni o'ylab qalbim tilinar,
Oy jamoling ko'zlarimga ko'rinar,
Yiroqdamas, sen mening yonimdasan.
Tashvishlardan siqilmasin har oning,
Armonlarda oh chekmasin hayoling,
Seni izlab borar bir kun Doniyoring,
Chunki, jonim, yuragi-zorimdasan.
Yuqoriga qaytishHAYRONMAN
Yoshligimda sevgi nima bilmadim,
Qizlar sevdim desa parvo qilmadim,
Ular meni sevdi men-ku, sevmadim,
Seni qanday sevib qoldim, hayronman.
Bir go'zal qiz menga qo'ng'iroq qilib,
Yurar edi so'zlarimga zor bo'lib,
Sevolmadim, yig'lab qoldi xor bo'lib,
Seni qanday sevib qoldim, hayronman.
Kimki sevsa, ko'rsatmay daragimni,
Shu paytgacha asradim yuragimni,
Men hechkimga ochmagandim ko'nglimni,
Seni qanday sevib qoldim, hayronman.
Go'zal-go'zal qizlarni ham uchratdim,
Sevolmadim ko'zlarini yoshlatdim,
Oldin seni yaxshi qizga o'xshatdim,
Seni qanday sevib qoldim, hayronman.
Yuqoriga qaytishILTIJO
Yuragimda alamli titroq.
Ishq yo'lida qildimmu gunoh?
Buncha bizni qiynama, olloh,
Chin sevgini ber ikkimizga.
Balki bizlar hali yoshdirmiz,
O'ynoqiroq yo beboshdirmiz,
Ishq yo'lida oy quyoshdirmiz,
Chin sevgini ber ikkimizga.
O'rtamizga ayriliq solma,
Bergan ishqing qaytarib olma,
Doniyorni qilma homtama,
Chin sevgini ber ikkimizga.
Yuragimda alamli titroq.
Ishq yo'lida qildimmu gunoh?
Buncha bizni qiynama, olloh,
Chin sevgini ber ikkimizga.
Yuqoriga qaytishJINOYAT TUSHUNCHASI
Jamiyatda qo'riqlangan
Kodeksda ta'qiqlangan
Ijtimoiy havfli qilmish
Shart bo'ladi aybli bo'lmish.
Harakat yo beharakat
Bunga jazoni qo'llash shart
Jinoyat deb topiladi
Jinoiy ish ochiladi.
Qoida erur yer sharida
Va she'riyat olamida.
Doniyorning qo'shimchasi
Bu jinoyat tushunchasi.
Yuqoriga qaytishKECHAVERAMAN
Orzu to'la hayollar bilan
Samolarda uchaveraman.
etolmagan orzularimdan
Birin-ketin kechaveraman.
Kecholmayman tuyg'ularimdan,
Qochib bo'lmas qayg'ularimdan,
etolmagan orzularimdan,
Birin-ketin kechaveraman.
Goh quvonib, gohida yonib,
Daryolarda suzaveraman.
etolmagan orzularimdan,
Umidimni uzaveraman.
Bir zum vaqtim bo'sh bo'lsa agar
Ko'ngil bog'in kezaveraman.
etolmagan orzularimdan,
Umidimni uzaveraman.
Men ko'ngilning bog'iga cho'mib,
Rejalarni tuzaveraman.
etolmagan orzularimdan,
Umidimni uzaveraman.
Men yorimni o'ylab bekorga,
Yuragimni ezaveraman.
"Ko'p o'ylama Doniyor" - deya
She'rlarimni yozaveraman.
Yuqoriga qaytishKURSDOSH
Menga atab yozgan she'ingni
Goh-goh ochib, o'qib turaman,
Shu she'ringni yonib yozibsan
Avtomaktabdagi kursdosh
Kechir, seni seva olmasdim
Aldanib so'ng bo'lgan bag'rim tosh
Sevganingda parvo qilmasdim
Avtomaktabdagi kursdosh
Men e'tibor bermabman senga,
U paytlar edim bag'ri tosh.
Sendan bir she'r esdalik qoldi,
Avtomaktabdagi kursdosh
Yurak qattiq lad egan edi,
Doniyor sevib, pand egan edi,
Sen judaham chiroyli eding,
Avtomaktabdagi kursdosh
Yuqoriga qaytishMASLAHAT
Men adashdim muhabbatning bog'ida,
Ko'p aziyat chekdim ishq gidobida,
Yahshi-yomon qizlar juda ko'p ekan.
Yigitlar adashmang sevgi bobida.
Men yonib sevdimu, topmadim vafo.
Kim sevsa, sevgidan ko'rarkan jafo.
Ayriliqdir yurak uchun bedavo
Yigitlar adashmang sevgi bobida.
Ey, do'stlar sevsangiz sinab sevinglar,
Avvalu-oxirin o'ylab sevinglar,
Qizlarning sarasin tanlab sevinglar,
Mendayin adashmang sevgi bobida.
Cho'g'day yonib turgan qaro ko'zlarning,
Aldanmang, qadri yo'q shirin so'zlarning,
Xushro'yi va yaxshisi bor qizlarning,
Yigitlar adashmang sevgi bobida.
Menday yonib sevib, aldangan kabi,
Muhabbat kuyida horlangan kabi,
Sevib, so'ng etolmay zor bo'lgan kabi,
Yigitlar adashmang sevgi bobida.
Har tarafga olib qochadi hayol,
Dunyoda baribir chin sevgi ham bor,
Chin sevging keladi kutgin Doniyor,
Endi adashmagin sevgi bobida.
Yuqoriga qaytishMENI KECHIRGIN DO'STIM
Do'stim bugun uyingda sho'x navolar yangraydi
To'yga kelgan mehmonlar tilaklarin tilaydi.
Mening otashin sevgim yuragimni tirnaydi.
Meni kechirgin do'stim borolmayman to'yingga.
Chunki jondan sevganim kelin bo'ldi uyingga.
Men uni sevishimni onasi bilar edi
Hatto kelin yangalar bizga baxt tilar edi.
U bilan uchrashganim qo'shnilar ko'rar edi.
Afsus, yonib sevganim kelin bo'ldi uyingga.
Meni kechirgin do'stim borolmayman to'yingga.
Men uni sevishimni nahotki sen bilmading?
U bilan uchrashganim yo'lda-izda ko'rmading?
Nega menga bir bora shuni sevdim demanding?
Alam qildi, sevganim kelin bo'ldi uyingga.
Meni kechirgin do'stim borolmayman to'yingga.
Mehmonlar orasidan meni qidirma do'stim.
To'yingda yo'qligimni yotga bildirma do'stim.
To'yhona eshigiga ha deb termulma do'stim.
Armon bo'ldi, sevganim kelin bo'ldi uyingga.
Meni kechirgin do'stim borolmayman to'yingga.
Yuqoriga qaytishMUHABBAT
Sendan jo'shib she'rlarin
Yozgan, Yusuf Muhammad.
Ozorlaring ham go'zal,
Sen go'zalsan, mahabbat.
O'rtayverasan dilni,
Ayamaysan hech kimni,
Otmish yoshda ham meni,
Tark etmading, muhabbat.
Ozorlaring qiynaydi,
Sen qiynaysan, muhabbat.
Tuyg'uing tinch qo'ymaydi,
Ajoyibsan, muhabbat.
Nomingni takrorladim,
Seni tashlab qo'ymadim,
Sevib, hech ham to'ymadim,
Sen go'zalsan, muhabbat.
Sendan jo'shib she'r yozgan,
Marhum, ustoz-Muhammad.
Seni go'zal deb aytgan,
Sen go'zalsan, muhabbat.
Yuqoriga qaytishMUHABBAT QADRI
Sevgi- bu yolg'on ekan.
Juda ham arzon ekan.
Undan sevib-sevilib,
So'ngra u xazon ekan.
Yonib kul bo'lgan sevgi,
Qalbda mangu qolarkan.
Xazon bo'lgandan so'ng ham,
Insonni ko'p qiynarkan.
Chin ishq qayda bor ekan?
Muhabbat yolg'on ekan.
Tilla kabi ko'rinib,
Mis kabi arzon ekan.
Sevgi kimgadir armon,
Kimgadir baxt u har on,
Yana kimgadir gumon,
Menga bir doston ekan.
Yuqoriga qaytishNIMA BERDIM
Ota-onam tufayli men
Yorug' dunyo yuzin ko'rdim
Bir oz umrim yashadimu
Men yurtimga nima berdim
Tuprog'im deb borim beray
Tomirimdan qonim beray
Yurtim uchun jonim beray
Xali yurtga nima berdim
Oldin men ham tuproq edim
Yaratildim, inson bo'ldim
Shu vatanda o'ynab kuldim
Men-chi, yurtga nima berdim
Doniyor shoirning jonidan
Jo'shgan issiq "ilhomidan"
Inson degan chin nomidan
Bu yurtimga nima berdim.
Yuqoriga qaytishNOMA'LUM INSON
Kimdir daftarimni o'qib beray deb olib
quyidagi she'rni yozib qo'yibdi. Men ham
unga javob she'ri yozib qo'ydim.
Yillar o'tar, o'tar umrlar,
er qa'riga olar birma-bir,
Dilda qolib bu shirin damlar,
Oh! Ajralmoq naqadar og'ir�
Bizlar surgan bu shirin damlar,
Suhbat qurib o'tirgan onlar,
So'ng esga ham olmaysiz, jonim.
O'tdi dersiz bir yoshlik damlar.
Yillar o'tib balki o'larman,
Shuni sizga yozib qoldirib,
O'qiganda yurak so'zlarim,
Qo'lingizga varoqni olib,
Meni o'lgan demassiz aslo.
Yillar o'tar, o'tar umrlar
er qa'riga olar birma-bir.
Labda qolib shirin bo'salar
Oh! Ajralmoq naqadar og'ir�
----------------------------------------
To'g'ri aytgan, o'tar umrlar,
Lek, befoyda chekilgan ohlar,
Men yozmadim bu she'rni, do'stlar,
Daftarimga kimdir yozibdi.
Qarang kimdir ko'zlarin yoshlab,
Shirin, visol onlarin eslab,
O'tgan yoshlik damlarin qo'msab,
Daftarimga dardin yozibdi.
Kim yozganin bilmadim, hamon,
O'ylayverib yuragim vayron,
Bilolmadim, noma'lum inson,
Daftarimga dardin yozibdi.
Yuqoriga qaytishODAM GO'ZAL
Bahor yozning kelishi, olamni yashnatadi,
Maysalar ko'm-ko'kligi, ko'ngilni yayratadi,
Maysadek, soch, odamning tashqarin ko'rsatadi,
O'simlik bilan olam, soch bilan odam go'zal.
Garchi senda ibo yo'q, hech kim seni do'st demas,
Yomon-la, bo'lsang yo'ldosh, sening g'amingni emas,
To so'zingda ma'no yo'q, buni hech kim tinglamas,
Tabassum bilan qizlar, ma'no-la so'zlar go'zal.
Yulduzlar tunda chiqib, kunduz ko'rinmay ketar,
Molu-dunyong ko'p bo'lsa, yomon yo'llarga eltar,
Yulduzlar nur taratar, yaxshi nom elga etar,
Nuri bilan yulduzlar, nom bilan izlar go'zal.
Sahrodan o'rmon farqi, daraxt borligidan,
Bog'ning o'rmondan farqi, uning gulzorligida,
Gulning bebaho baxti bulbulning zorligida
Daraxt bilan o'rmon, soch bilan inson go'zal.
Yuqoriga qaytishONAMGA O'XSHASIN
Mening ham bir dunyo orzularim bor:
Ota-onam quvnoq yashasin deyman.
Dunyoga bir-bora kelarkan inson
Sevganim onamga o'xshasin deyman.
Ko'z yumib ochguncha o'tar kunlarim,
Majnun kabi men ham yonib sevaman.
Mening hayotdagi yolg'iz orzuim,
Sevganim, onamga o'xshasin deyman.
Yuqoriga qaytishOTA-ONAMGA MAKTUB
Onajonim mehr berganday
Ukamlarga ko'ngil beraman.
Otajonim yahshi ko'rganday,
Men ularni yahshi ko'raman.
To, birgamiz g'am bizdan yiroq,
Goh koyiman, so'karman, biroq,
Onajon men o'zimdan ko'proq,
Ukamlarni yahshi ko'raman.
Siz bizlardan xavotir olmang
Yahshimi deb qayg'uda qolmang
Ko'nglingizga tashvishlar solmang
Ukamlarni yahshi ko'raman.
O'zgalarga ochmas sirimni,
Tushunadi mening ko'nglimni,
Menga sodiq bo'lgan singlimni
Jonimdan ham aziz ko'raman.
Hecham ikki qilmas so'zimni,
Ukamdan men ko'rdim o'zimni,
Doim yorug' qilgan yuzimni,
Men ukamni yahshi ko'raman.
G'am kelganda mening tayanchim,
Tashvish kelsa bo'lar suyanchim,
Yonimdagi yolg'iz yordamchim,
Men ukamni yahshi ko'raman.
Yuqoriga qaytishOYBEK
Muso Toshmuhammad o'g'li
Oybekning 100 yillik
yubileyiga bag'ishlangan.
Mana yillar o'tsa hamki
Qalbimizda ustoz Oybek
Muso Toshmuhammad o'g'li
Sizni yana esga oldik.
Sizni hech, yo'q deyolmaymiz
Biz uchun siz yashayapsiz.
Mana yuz yil o'tsa hamki,
Qalbimizda yashnayapsiz.
"Qutlug'qon"ni qoyillatib,
She'riyatni ham gullatib,
Jahon ichra nur taratib,
Qalbimizda yashayapsiz.
"Navoiy"dan so'zladingiz,
Xaqiqatni izladingiz,
Yaxshilikni ko'zladingiz,
Qadrlanib yashayapsiz.
"Mash'ala"ni qilib bayon,
"Ulug' yo'l" ham bizga ayon,
Qalbimizda xali-hamon,
Siz, abadiy yashayapsiz.
Yuqoriga qaytishQIZ DARDI
Qo'l ushlashib kezardik yomg'irda, qorda
Doim birga edik biz kuzda, bahorda
Afsuski ko'nglim yosh ekan o'shanda
Nahot sevganingni sezmadim, jonim.
Nozik qo'llarimdan ushlaganingda
Bilmasdan ko'zlarim yoshlaganingda
Kuldirib ko'nglimni hushlaganingda
Nahot sevganingni sezmadim, jonim.
Yig'lasam ko'zimdan oqqan ko'z yoshim
Bir yo'la ham do'stim hamda sirdoshim
Do'stlikning yo'lidan borgan yo'ldoshim
Nahot sevganingni sezmadim, jonim.
Do'stmiz deya sevgidan so'z ochmading,
Baland ushlab g'ururingdan kechmading,
Sevdim deya meni bir bor quchmading,
Nahot o'zim shuni sezmadim, jonim.
Do'stlik yo'lda sevgingni qurbon aylab,
Do'stmiz deding va so'zingni qadirlab,
Sevganingni aytmading sen ataylab,
Nega o'zim shuni sezmadim, jonim.
Ko'nglimga cho'kkancha qoldi armonim.
Sevganing sezdimu, og'ridi jonim.
Afsus taqdir ekan, taqdir ekan bu,
Nahot sevganingni sezmadim, jonim.
Yuqoriga qaytishQOR
Sen qishning tabrigisan,
Sen ko'ngiling g'ubori.
Sen muhabbat gulisan,
Qayg'uli ko'ngil zori.
Huddi ko'nglimga yog'ib,
Qayg'ularim ketgazding.
Parvardigor jo'natgan,
Hush xabarni etkazding.
Ey, qor meni ham o'yla!
Menga sodiq do'st bo'lgin!
Mening dardimni tingla!
Ketma, yonimda qolgin!
Meni tashlab ketsanggar,
Yana tashvish, g'am kelar.
Shoirlarning qadrini
Sendan boshqa kim bilar.
Chunki, qish tabrigisan,
Sen qish faslin g'ubori.
Sen muhabbat gulisan,
Qayg'uli ko'ngil zori.
Yuqoriga qaytishRUHING SHOD BO'LSIN
Shuncha dardni nega ichingga yutding?
Yuragimni tilka poralar etding.
Meni tashlab o'zing qaerga ketding?
Seni har kun bir eslayman sevgilim.
Qalbim meni sen tomonga chorlaydi,
Ziyorat qil deya hech ham qo'ymaydi,
Bir ko'rib ketmasam ko'nglim to'lmaydi,
Har kun seni bir eslayman sevgilim.
Seni eslab aqldan ham ozaman,
Har kuni bir hayolingni buzaman,
Mashrab kabi ishq yo'lida to'zaman,
Seni har kun bir eslayman sevgilim.
Qabul ayla olib kelgan gulimni,
O'n yil sendan ayro yurgan yo'limni,
Senga atab yozgan barcha she'rimni,
Xotirangga bag'ishlayman sevgilim.
Mana sensiz o'n birinchi bahor ham,
O'n bir yildir qalbimda yonar alam,
Hayolimda faqat sensan yagonam,
Seni har kun bir eslayman sevgilim.
Seni har kun yod etarman sevgilim,
Seni yana ko'p o'ylayman ey gulim,
Qolgan umrim senga baxshida etib,
Ruhingni ham shod etarman sevgilim.
Yuqoriga qaytishSENGA ZORMAN
Bu dunyoda otam aziz, onam aziz.
Kimlardir do'st, kimdir dushman, kimdir xasis.
Muhabbat ham kerak ekan kirganda es,
Sen menga zor, men ham senga zorman, jonim.
Ota-onam ishonchini oqlagayman,
Yuragimda muhabbating to'plagayman,
Har kuni men, seni bir bor yo'qlagayman,
Sen menga zor, men ham senga zorman, jonim.
Olloh berdi taqdirimga muhabbatni,
Endi bersin qalbga sabr va toqatni,
Menga bersin, senga bermasin azobni,
Sen menga zor, men ham senga zorman, jonim.
Taqdirimga ayriliqni ushlatmagay,
Ado bo'lgan oshiq ko'zin yoshlatmagay,
Olloh hecham, meni sendan ajratmagay,
Sen menga zor, men ham senga zorman, jonim.
Ishq yo'lida Mashrab yo'lin tutaman,
Qancha bo'lsa, seni shuncha kutaman,
Sen bo'lmasang, jonim yashab man netaman,
Sen menga zor, men ham senga zorman, jonim.
Yuqoriga qaytishSENI SEVGAN EKANMAN
Yonimda yurarding sho'h-shodon kulib,
Shu paytgacha sening do'sting bo'lganman.
O'qishni tugatgach sendan ayrilib,
Endi bilsam seni sevgan ekanman.
Orzu ekan armonlarga aylandi,
Men ularni ko'rolmagan ekanman.
Tuyg'ularim vujudimga boylandi,
Endi bilsam seni sevgan ekanman.
Shoshilmagin, bir bor tingla qalbingni,
Kech bo'lganda yashirolmay dardingni,
O'zga uchun hazon qilma bahtingni.
Jonim seni yonib sevgan ekanman.
Ko'hna dunyo ko'zimga tor ko'rindi,
Sog'inmasdim har kun eding yonimda,
Sendan yiroq yurib qadring bilindi,
Chunki, seni yonib sevgan ekanman.
O'tmishnimas ko'proq o'yla so'ngingni!
Xursand qilgin, so'ndirmagin ko'nglingni!
Armonlarga berib qo'yma umringni!
Jonim seni yonib sevgan ekanman.
Do'stmiz degan g'ururim ustun qo'yib,
"Sizni sevdim" � desang hazilga yo'yib,
Hech e'tibor bermay qalbingni tilib,
Endi bilsam seni sevgan ekanman.
Do'sting edim endi eshit yoringni,
Yashirmasdan aytgin dil izhoringni,
Ado qilma tingla Doniyoringni,
Men ham seni yonib sevgan ekanman.
Yuqoriga qaytishSEVGILIMGA MAKTUB
Kursdoshim Iskandar aka
iltimosiga binoan yozildi.
Bir ko'rsam quvonaman,
Tez orada boraman,
Seni o'ylab yonaman,
Olisdagi sevgilim.
Seni juda sog'indim,
Sendan yiroqda yurdim,
Lek, faqat seni sevdim,
Ishon, yolg'iz sen gulim.
Qo'shiq aytsang toringman,
Seni sevgan yoringman,
Oshiq-Iskandaringman,
Olisdagi sevgilim.
Gaplashsaydim bir bora,
Tez-tez, mayli, kunora,
Chunki, eshit Gulnora,
Sen mening jonu-dilim.
Bir ko'rsam quvonaman,
Tez orada boraman,
Seni o'ylab yonaman,
Olisdagi sevgilim.
Yuqoriga qaytishSEVISHGANLAR
Bizning bu oliygohda,
Nafaqat o'qish, yana,
Sevishganlar ham bordur,
Ular xuddi devona.
Qarang bu ikki yoshni,
Uzukka ko'z qo'yganday,
Unutishib o'qishni,
Oliygohda afsona.
Ko'rmasa bir kun yorin,
Yo'qotar o'y hayolin,
Topa olmaydi borin,
Bo'lib qolgan, devona.
Birga bo'lsa ishq gulin,
Yolg'iz qolib sevgilin�
Sevishganlar bir-birin,
Atrofida parvona.
Yuqoriga qaytishSHOIR
Shoirlarni jinni demanglar,
Bog'da yolg'iz sayr qilsa agar.
Siz ularni telba demanglar,
She'riyatni sevdim desagar.
Shoirlarda yo'qmi his-tuyg'u?
Shoirlarda yo'qmi muhabbat?
Shoirlarda bo'lmasmi qayg'u?
Sizga ular telbami faqat?
Shoirlarda bo'lmasmi orzu?
Shoirlarda yo'qmi sadoqat?
Shoirlarda bo'lmasmi kulgu?
Sizga ular telbami faqat?
Shoirlar ham odamku, axir,
Bir Zuhroga ular ham Tohir.
Bitta shoir bo'lsagar mayxo'r
"Hammasi ham, mayho'r",- demanglar.
Shoirlarni jinni demanglar,
Bog'da yolg'iz sayr qilsa agar.
Ularga hech xalal bermanglar,
She'riyatda hayol sursagar.
Siz meni ham jinni demanglar,
Doniyor nomim unutsam agar,
Men ham, siz ham, jim yuraversak,
Shoir bo'lib, she'rni kim yozar.
Yuqoriga qaytishUKAMGA NASIHAT
O'tdi qancha bahorlarim, kuzlarim,
Yonib aytgan issiq so'z-u, muzlarim,
Tugamaydi senga aytar so'zlarim,
Ilm-fanga bag'ishlagin o'zingni!
Xali yoshsan uzoqroq bo'l qayg'udan.
Yiroq yurgin sevgi degan tuyg'udan.
- - - - - - - - - - - - - orzudan
Ilm-fanga bag'ishlagin o'zingni!
Qoyil qolsin eshitganlar so'zingni,
"Rahmat" desin tatib halol tuzingni,
Tabassum-la ko'ray doim yuzingni,
Ilm-fanga bag'ishlagin o'zingni!
Ulug' Elyor noming elga yor qilib,
Yurtimizning dushmanlarin hor qilib,
Nokaslarning so'zlaridan or qilib,
Ilm-fanga bag'ishlagin o'zingni!
Yuqoriga qaytishUSTOZLARIM
Yonib-kuyib bilim bergan,
Qalbdan jo'shib shogird degan,
Doim bizni qo'llab kelgan,
Mehridaryo ey ustozlar.
Juda bag'ri keng ustozlar.
Yerni osmon qilgan - ustoz,
Bizni inson qilgan - ustoz,
Kimni doktor, kimni olim,
Kimni posbon qilgan - ustoz,
Shuncha yillik mehnat ila
Umrin doston qilgan - ustoz.
Izingiz ko'rk, yorug' bo'lsin!
Nomingiz ham ulug' bo'lsin!
Bayramingiz qutlug' bo'lsin!
Mehridaryo ey ustozlar.
Juda bag'ri keng ustozlar.
Yuqoriga qaytishYANGI YIL KECHASI
Mana bugun yangi yil do'stlar,
O'tyapti o'n to'qqiz yoshimiz.
Ne bo'lsa ham ey, sinfdoshlar,
Doim omon bo'lsin boshimiz.
Bugun bayram o'yin va kulgu.
Juda xursand do'stlar barchasi.
Qanday kulay uzoqda axir,
Yaralangan qalbim parchasi.
Men kulsam ham qalbim kulmaydi,
Axvolimni hech kim bilmaydi,
Xatto ko'nglim ko'tarolmaydi,
Yangi yilning ko'rkam archasi.
Chunki sevar yordan xabar yo'q.
Menda hol yo'q, menda mador yo'q.
Kulolmayman kechiring do'stlar,
Chunki mendek qalbi ozor yo'q.
Mana bugun yangi yil do'stlar ,
Yigirmaga ketdi yoshimiz.
Shukur deyman ey, sinfdoshlar ,
Doim omon bo'lsin boshimiz.
Yuqoriga qaytishYANGRAR XIVAM OVOZI
Qadimda ham shu nom bilan atalgan,
Gohi g'olib, gohi sha'ni toptalgan,
Bugun uni butun jahon tan olgan,
Elga manzur, go'zal Xorazm sozi.
Qayga borsam yangrar Xivam ovozi.
Chet ellardan sayohatga kelarlar,
Mumtoz kuyin diqqat bilan tinglarlar,
Lazgi bo'lsa tek turolmay o'ynarlar,
Elga manzur, go'zal Xorazm sozi.
Qayga borsam yangrar Xivam ovozi.
Xonlarning sharafi-Xivamning shoni,
Yurt deb fido bo'ldi-Jalolning joni,
Tanamda jo'sh urar shularning qoni,
Elga manzur bo'lgan Xorazm sozi.
Qayga borsam yangrar Xivam ovozi.
Dong'i ketgan, Komiljonning ovozi,
Xunarmandlar yog'och o'ygan-pardozi,
Atlas kuylak kiygan qizlarning nozi,
Elga manzur yurtim Xorazm sozi.
Qayga borsam yangrar Xivam ovozi.
Xiva gilamiga jahon qo'l tutdi,
Parvardigor taqdirini yoritdi,
Doniyor shoir g'am neligin unutdi,
Elga manzur yurtim Xorazm sozi.
Qayga borsam yangrar Xivam ovozi.
Yuqoriga qaytishYETOLMADIM
Bir go'zalni sevdim jonu-dilimdan,
Taqdir ekan yetolmadim, men unga.
Ne bo'lsagar, hammasi ham baxtimdan,
Yetolmadim, yetolmadim, sevgimga.
Sevib, unga yuragimni topshirdim,
Majnun kabi vujudim bilan sevdim.
Yoki qattiq sevib, men hato qildim,
Yetolmadim, yetolmadim, sevgimga.
Afsus, yonib sevganlar yetolmadi,
Otabekni Kumush unutolmadi,
Laylisiga Majnun ham yetolmadi,
Netay men ham, yetolmadim, sevgimga.
Men hayolan suhbatlashdim ul bilan.
Qo'lim yetib tutolmagan gul bilan.
Doniyorning muhabbatin, sevgisin,
O'lchab bo'lmas mol-u, dunyo, pul bilan.
Men bir qizni sevdim jonu-dilimdan,
Taqdir ekan yetolmadim, men unga.
Ne bo'lsagar, hammasi ham baxtimdan,
Yetolmadim, yetolmadim, sevgimga.
Yuqoriga qaytishYORIMSAN
Sen mening yuragim, qalbim, jonimsan
Borligim, boyligim, yo'g'-u, borimsan
Afsuski, taqdirning shafqatsizligi
O'zgaga tegishli bo'lgan yorimsan.
Men seni sevardim sevaman hamon,
O'zgani sevmadin o'zing borimsan.
Senga erisholmasligim bilaman,
O'zgaga tegishli bo'lgan yorimsan.
Nigohing ketmaydi ko'zim oldidan,
O'ylamay joy berdim senga qalbimdan,
Shu so'zni aytaman endi dardimdan,
O'zgaga tegishli bo'lgan yorimsan.
Yuqoriga qaytishYURT ISHQI
Sho'r bo'lsang ham, ko'l bo'lsang ham,
Qumlik, sahro, cho'l bo'lsang ham,
Dunyodagi boyliklarga,
Yurtim seni alishmayman.
O'zbekiston shimolini,
Amudaryo orolini,
Xorazm degan nomini,
Hech narsaga alishmayman.
O'ymakorlik pardozini,
Yurtim qizlarin nozini,
Xofizlarin ovvozini,
Hech narsaga alishmayman.
G'alla to'la xirmonini,
Tog'dek oq-oltin konini,
Bir parcha patir nonini
Hech narsaga alishmayman.
Doniyor shu yurt fidosi,
Bordur dono rahnamosi,
Yurtimning tengsiz bahosi,
Hech narsaga alishmayman
Yuqoriga qaytishZULXUMOR
Do'stim, Quvondiq
iltimosiga binoan yozildi.
Salom deya dardim so'ylayin,
Senga bitta aytar so'zim bor.
Hayotimda birinchi bora,
Sevib qoldim seni Zulxumor.
Birinchi bor ko'rganda seni,
Anglab etdim ishq va sevgini,
Ishon menga senda ko'nglim bor,
Sevib qoldim seni Zulxumor.
Sevib qo'lga olaman qalam,
Sevgim izhor etayin men ham,
Sen ham menga bo'lgin sevar yor,
Seni sevdim, seni Zulxumor.
Seni o'ylab, chiqaray hordiq,
Oshig'ingman, ismim Quvondiq,
Sevib qoldim seni Zulxumor,
Bo'yningga men bo'layin tumor.
-----------------------------
^ ^ ^
Sensiz o'tgan kunlarim kunmas,
Jonim sog' va omon yursang bas,
Hamma bizga qiladi xavas,
Zulxumorim seni sog'indim.
Sen bo'lmasang yo'qdur oromim,
Sensiz o'tgan kunlar armonim,
Dardim tingla ey, Zulxumorim,
Quvondig'ing, seni sog'indi.
Yuqoriga qaytishYANGI SHE'RLAR
^ ^ ^
Boylikni gul deb bilsang,
Ilmdan gulzor paydo.
Agar gulzor bo'lmasa,
Gullar o'sadi qayda?
......................................
^ ^ ^
Ikki xil do'st dunyoda mavjud,
Yaxshisin tut, yomonin unut.
O'lsang yomon tepib o'tadi,
Yaxshi do'sting yasaydi tobut.
- - - - - - - - - - - - - - - - - - -
^ ^ ^
Chidolmayin yozdim she'rim yuragim cho'g'ligidan,
Ko'ngil yig'lar, qalbim yonar adolat yo'qligidan,
Ruhim cho'kdi bu olamda jaholat ko'pligidan,
Ona mehridan bo'lak hech, xaqiqat yo'q, xaqiqat.
Qayga borsang haq ma'noda, adolat topolmaysan,
Adolat borligiga hech, kafolat topolmaysan,
Bu dunyodan rozi bo'lib, ko'z yumib o'tolmaysan,
Olloh sehridan bo'lak hech, xaqiqat yo'q, haqiqat.
- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -
Orzularim hayolimda savol bo'ldi
Iloji yo'q narsalarni yurak istar.
Hayol bilan o'tgan umrim uvol bo'ldi
Hayol boshqa-xayot boshqa ekan do'stlar.
- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -
Yuqoriga qaytishADASHMA
Chalkash dunyo. Chalkashadi hamma ham,
Kimdir topar, kimdir topolmas malham,
Bir kam dunyo adashadi hamma ham,
Faqat do�stlar yor tanlashda adashmang!
Sevib, yoki sevmay turmush qursang ham,
Bu hayotning qadrin yaxshi bilmang ham,
Qancha tashvish va g�amlarni ko�rsang ham,
Faqat do�stim yor tanlashda adashma!
Do�st tanlashda adashadi hamma ham,
Muhabbatga yondashadi hamma ham,
Bu hayotda ko�p adashgan Doniyor ham,
Faqat do�stlar yor tanlashda adashmang!
Yuqoriga qaytishASKAR MAKTUBIAprel 2008y Nukus
Tunda oyning shulasida
Kunduz quyosh jilvasida
Hayol surib yor vaslida
Askar maktubin bitaman.
Dildan so�zlarim aytaman.
Onajonim mehrin oqlab,
O�z yigitlik burchim o�tab,
Seni sevishim isbotlab,
Askar maktubin bitaman.
Dildagi so�zim aytaman.
O�zingdursan hayolimda,
Xizmatda ham hayotimda,
Xar dam sog�ingan chog�imda
Sog�inch maktubin bitaman
Dildagi so�zim aytaman.
Yuqoriga qaytishASKAR QO'SHIG'I
O�n olti yoshda sevib,
Ko�nglimizni hushlaymiz.
O�n sakkiz yoshga to�lib,
Xizmat ishin boshlaymiz.
Vatan tinchligi uchun,
Shahdam qadam tashlaymiz.
Yigitlik burchin o�tab,
Qo�lga qurol ushlaymiz.
Bizlar posbon yigitlar.
Mardu-maydon yigitlar.
Vatanga asil o�g�lon,
Ko�ksi qalqon yigitlar.
Vatan uchun ko�ksimiz,
Qalqon qilamiz bizlar.
Chegarada, postlarda
Posbon turamiz bizlar.
Yuqoriga qaytishATIR GUL
Bu dunyoda hech na sendek bo�lmasin,
Uch kun yashab so�lib qolgan atir gul.
Senga juda-juda rahmim kelyapdi,
Egasiga yetmay qolgan atir gul.
Ertalabdan rejalarni tuzgandim,
Yorim uchun juda ko�p she'r yozgandim,
Sevganimga atab seni uzgandim,
Egasiga yetmay qolgan atir gul.
Barcha xidlar edi hushbo�y iforing,
Bir kun meni tutar sening uvoling,
Menikidan battar bo�ldi ahvoling,
Egasiga yetmay qolgan atir gul.
Yuqoriga qaytishATIR GULIM
Qaylarda qolding sevgilim?
Muhabbatdan vayron dilim.
Qo�llarimda so�lib qoldi,
Senga olgan atir gulim.
Bilsam yakson qilmas edim,
Uzib payhon qilmas edim,
So�lishga yo�l qo�ymas edim,
So�lib qoldi atir gulim.
Olib bordim, berolmadim.
Uni asrab qololmadim.
Uch kundan so�ng so�lib qoldi,
Senga olgan atir gulim.
Sendan ayro bo�ldi yo�lim.
Hazon bo�ldi qo�lda gulim.
Ayroliqda fig�on chekib,
Nola qildi qalb bulbulim.
Yuqoriga qaytishARMIYA
Men o�ylagan armiya,
Orzu-yu xavas ekan.
Bir yuz o�n yetti askar,
Besh qatorda saf ekan.
Buyruq berar komandir,
"Vzvod tez saflan", - deya.
Keyin so�ngi buyrug�i,
Tekislan! Rostlan! bo�lar
Yuqoriga qaytishBAHORDAY GO'ZAL EKAN
O'n sakkizta bahorni ko'rib, qishni ko'rmabman,
Qish faslining bahorday, go'zalligin bilmabman,
Qor yoqqanda barchaning yuzlarida tabassum,
Qizlarning quvnoqligi husniga qo'shar husn.
Qani edi o'sha qor, g'amgin qalbimga yog'sa,
Yurakdagi ayriliq izini yuvib ketsa,
Beg'ubor qor yoqqanda, baxt menga kulib boqsa,
O'sha qor mening baxtsiz kunlarim olib ketsa.
O'n sakkizta bahorni ko'rib, qishni ko'rmabman,
Qish faslining bahorday, go'zalligin bilmabman,
Qor yoqqanda barchaning yuzlarida tabassum,
Bu go'zallik tuhfasi yog'aversin, ko'p yog'sin.
Yuqoriga qaytishBEOZOR YURAK
Sevgidan mast bo�lgan qalb deydi,
"Nima yetsin orzu, tilakka",
Yorni bir kun ko�rmasa agar,
Shuncha azob mushtday yurakka.
Qaerda bor mehr va shavqat?
Shuncha g�amlar, tashvishlar nega?
Ayting qayda qoldi adolat?
Shuncha azob mushtday yurakka.
Sevmaganda xotirjam eding,
Sevib qanday ko�rgilik ko�rding?
Sevaman deb g�amlarda qolding,
Shuncha azob mushtday yurakka.
Yuqoriga qaytishBO'LUR
Kimki mastdur muhabbatdan,
Yuragi xayajon bo�lur.
O�zin qadrini unutib,
Qaro yerday yakson bo�lur.
Yonib sevib yetolmasa,
Undan kechib ketolmasa,
Ishq sinovdan o�tolmasa,
Sevgan dili vayron bo�lur.
Tushida yorini ko�rib,
Ko�zi ko�ziga termulib,
Bir birin yonib sevib,
Tohir bilan Zuhro bo�lur.
Yor deya qasam ichganlar,
Ayroliqda yer quchganlar,
Telbalarday sevishganlar,
Majnun bilan Laylo bo�lur.
Agar kimki ahdli bo�lsa,
Sevib, so�ngra baxtli bo�lsa,
Qo�sha-qo�sha taxtli bo�lsa,
Doniyor va Dilrabo bo�lur.
Yuqoriga qaytishILK MUHABBATIM
Qaydasan ilk muhabbatim?
Qaydaliging bilmayman.
O�zga bilan yashasam ham,
Goh-goh seni o�ylayman.
Qaydasan ilk muhabbatim?
Juda sog�indim ishon
Sen haqingda o�ylayverib
Hayollarim parishon.
Qaydasan ilk muhabbatim?
Bormidi bunday g�amlar?
Eslayman ilk uchrashuvni
Qani endi shu damlar.
Qaydasan ilk muhabbatim?
Qani bizning orzular?
Sendan shirin hayol qoldi
Qoldi shirin qayg�ular.
Yuqoriga qaytishJANONANI
Dunyo kezib topolmadim,
Yorim senday janonani.
Yoki hech tark etolmadim,
Ishq atalmish vayronani.
Sevgim sig�may jon-tanimga,
Qaytdim yana vatanimga,
Aldash uchun yuragimga,
Aytdim qancha bahonani.
Aldanmadi sevgan yurak,
Unga faqat o�zing kerak,
Topolmagach sendan darak,
Kulba qildim g�amxonani.
Muhabbatdan judo bo�lgan,
Sevgisini fido qilgan,
Ko�ring do�stlar ado bo�lgan,
Menday oshiq devonani.
Men dardimni kimga so�zlay,
Doniyor ismim Darvish yozay,
Onajon men qaydan izlay?
Endi o�shal Dildorani.
Yuqoriga qaytishKERAKMAS
Ey Dilrabo, sensiz menga foniy jahon kerakmas,
Seni sevdim, sen keraksan, o'zga janon kerakmas,
Yulduz nadur, menga sensiz etti osmon kerakmas,
Yozda, qishda, bahor, kuzda yonimda bo'l, Dilrabo.
O'zing oysan, qoshlaring yoy, kipriklaring kamondir,
Sensiz yashash qayg'uli, mening uchun yomondir,
Gar ko'rmasam seni bir kun yorug' dunyo yolg'ondir,
On ikki oy - to'rt faslda yonimda bo'l, Dilrabo.
Yuqoriga qaytishNECHUN YOZDIM?
Nechun yozdim men bu she�rlarni?
Kitob holda nashr qilmasam.
Ko�plab, go�zal she�rlar yozsamu,
Bir kun kelib shoir bo�lmasam.
Nechun yozdim men bu she�rlarni?
Vatan deya yonib kuymasam.
Men bu yurtga qanday farzandman?
Vatanimning qadrin bilmasam.
Nechun yozdim men bu she�rlarni?
Hayotimda yo�q bo�sa qayg�u.
Balki bir satr ham yozmasdim
Yuragimda bo�lmasa tuyg�u.
Nechun yozdim men bu she�rlarni?
Onajonim qadrin bilmasam.
Shuncha sherlar yozar edimmu?
Ayol zotin hurmat qilmasam.
Nechun yozdim ishqiy she�rlarim?
Menda yorga vafo bo�lmasa.
Meni sevgan yorning vaslida
Qalbim olov kabi yonmasa.
Nechun yozdim men bu she�rlarni?
Ishq-sevgida sehr bo�lmasa
Olov kabi yongan bu qalbim
Muhabbatga sodiq qolmasa.
Yuqoriga qaytishQASAMYOD
Jasur va dovyuraklikning,
Orzusidir ko�pchilikning,
Askarlikda yigitlikning,
Qasamyodin qabul qildim.
Ota men ham yigit bo�ldim.
Ota qahringiz tufayli,
Ona mehringiz tufayli,
Yorim sehringiz tufayli,
Men qasamyod qabul qildim.
Bugun men ham yigit bo�ldim.
Xalq ishonchin oqlash uchun,
Mag�rurlanib yashash uchun,
Vatanimni asrash uchun,
Men qasamyod qabul qildim.
Ota men ham yigit bo�ldim.
Yuqoriga qaytishONA MEHRI
Bilmam, o`g`lim, ovozingning s�hri bormi?
Bilolmadim, ko`zlaringning m�hri bormi?
Ko`z quvonar, qalbing shuncha b�g`ubormi?
Uxlashingni kuzataman, uxlashingni,
Uxlaganda m�nga boqib, qarashingni.
K�chalari uxlaganda chiroq yoqib,
Jimlik bilan, uxlamasdan s�nga boqib,
Ko`zlaringdan, yuzlaringdan s�kin o`pib,
Uxlashingni kuzataman, uxlashingni,
Uxlaganda ko`zlar yumib, qarashingni.
Yuqoriga qaytishOTA - ONA
Har daqiqa onimda,
Ko�plab qiynalganimda,
Bir umrga yonimda,
Siz turdingiz otajon.
Mehribonsiz onajon.
Harbiy bo�ldi o�g�lingiz,
Tinglab aytgan so�zingiz,
Yorug� qilay yuzingiz,
Qadrdonim otajon.
Mehribonim onajon.
Qarzim ko�pdir sizlardan,
Nolam yo�qdir sizlardan,
Ko�nglim chog�dir sizlardan,
Soyabonim otajon.
Megribonim onajon.
Yuqoriga qaytishOZORLARING KO'PDIR DUNYO
Butun umrim davomida, dunyo s�ni quchgim k�ldi.
M�ni xursand qilganingda, samolarda uchgim k�ldi.
Yaralangan bu qalbimni har tomondan yaralading,
Ozorlaring ko`pdir, dunyo, bugun s�ndan o`chgim k�ldi.
Bir tomonda yor tashvishi, bir tomonda esa oila,
O`qishning ham bor tashvishi, siqilaman m�n har joyda,
Qayga borsam tashvish ko`rib, yashagandan nima foyda,
Ozorlaring ko`rib, dunyo, s�ndan qochib qolgim k�ldi.
Yer ustida g`arazgo`ylik. Xaqiqatni topolmadim,
Dunyo s�ndan to`yganimda, k�tgim k�ldi, k�tolmadim,
Adolatsizlik tufayli maqsadimga �tolmadim,
Yer ustida charchadim m�n, abadiy dam olgim k�ldi.
Yuqoriga qaytishSENI SEVAMAN
Hurmat qilgan insonim o�zing,
Yulduz emas, osmonim o�zing,
Har daqiqa har onim o�zing,
Faqat seni, seni sevaman.
Bugun qishning birinchi kuni,
Yorim chindan sog�indim seni,
Yuragimda asrab sevgini,
Faqat seni, seni sevaman.
Sog�inch meni qilar imtihon,
O�zim bir yon, yuragim bir yon,
Ishqing chorlar faqat sen tomon,
Yolg�iz seni, seni sevaman.
Yuqoriga qaytishSEVGI
Ishq-muhabbat deydilar,
Qayda o�shal muhabbat?
Ishq degani sevishib,
Tashlab ketishmi faqat?
Yo ishq o�zi shundaymi?
Sevasan, sevilasan.
Oradan bir yil o�tmay,
So�ng tashvishda qolasan.
Unda sevgi ne kerak?
Sevmagan yaxshi ekan.
Bir yildan so�ng azobda,
Kuymagan yaxshi ekan.
Yuqoriga qaytishSHUDIR SEVGANING
Sen otamni hurmat qilsang,
Ham onamni hurmat qilsang,
Va ularga xizmat qilsang,
Hurmat qilganingdir meni.
Bu hayotdan nolimagin,
Xiyonatni hech bilmagin,
Ollohimga shukur qilgin,
Shudir sevganing sen meni.
Yuqoriga qaytishTAVALLUDING MUBORAK
O�rtada dasturxon chiroyli, ko�rkam,
Atrofda do�stlaring shodlikka hamdam,
Bugun mening uchun eng aziz bayram,
Do�stim, tavalluding muborak bo�lsin!
Yelib-yonib xizmat qilding el uchun,
Har narsaga tayyor turding men uchun,
Dildan ezgu tilaklarim sen uchun,
Do�stim, tavalluding muborak bo�lsin!
Yuqoriga qaytishXAZIL
Yilning aprel oyida,
Harbiy xizmatda edik.
Noskashlar deb kun bo�yi,
Tikka turib qiynaldik.
Shu noskashning dastidan,
Dam olish vaqtdan qoldik.
Chekkan udir aslida,
Charchab oyoqdan toldik.
Nosni o�ylab topganni,
Otasiga ming lanat.
Safda turib chekdimi?!
Xojatxonaga naryad.
Yuqoriga qaytishVATANMoskva, 27.10.2007 yil
Och yoki to�q bo�lsam ham,
Kam gap yo sho�x bo�lsam ham,
Omadim yo�q bo�lsa ham,
O�z yurtim yaxshi ekan.
G�amgin damingda mador,
Sodiq yo�ldoshu do�st-yor,
Umringni qilar bahor,
Tuprog�im yaxshi ekan.
Beg�ubor ko�ngillarda,
G�azallarda, she'rlarda,
Ko�p aytilur tillarda,
O�z yurtim yaxshi ekan.
Yuqoriga qaytishVATAN UCHUN
Yetib keldik batalonga,
Do�stlar xizmat o�tash uchun.
Endi bizlar bir tanu-jon,
Yurt tinchligin asrash uchun.
Vatan uchun fido jonim,
Aytildi qat'iy qarorim,
Otajonim, onajonim,
Ishonchini oqlash uchun.
Yelib-yonib xizmat qilay,
Janga doim tayyor turay,
Xatto jonim fido qilay,
Vatan uchun, vatan uchun.
Yuqoriga qaytishVATANIMNI SOG'INDIM
O�zga elning tuprog�in,
Men o�zimga tog� bildim.
Shu ellarni ko�ray deb,
Tor ko�nglimni chog� ?ildim.
O�sha maqsadlar ila,
Chet ellarga yo�l oldim.
O�n kun o�tmadi xali,
Vatanimni sog�indim.
Yo�q narsani bor qilgan,
Kimlargadir yot bo�lgan,
Kindik qonim to�kilgan,
Tuprog�imni sog�indim.
Yuqoriga qaytishYIG'LAYDI
Essiz, aytgan so�zlarim,
Yuragimni tig�laydi.
Kulib turar ko�zlarim,
Faqat qalbim yig�laydi.
Nahot sevgi faqat dard,
................................
Muhabbatdan yongan qalb,
Nola chekib yig�laydi.
Yuqoriga qaytishYOLG'IZLIK YOMON
Yashayotgan tirik jon uchun,
Bo�lsin issiq, bo�lsin qahraton.
Bari yaxshi, lek inson uchun,
Bekorchilik, yolqizlik yomon.
Yolg�iz, bekor yurgandan ko�ra,
Ish ko�p bo�lsa achinmang do�stlar,
Og�ir bo�lsa qiynalmang sira,
Bekorchilik, yolg�izlik yomon.
Rabb hech kimni yolg�iz qilmasin,
Va bekorchi qilib qo�ymasin,
Yaratganning o�zi qo�llasin,
Bekorchilik,yolg�izlik yomon.
Yuqoriga qaytishYURTDOSHLARIM
Mingni ko�rib fikr qiling!
Birni ko�rib shukur qiling!
O�ylab-o�ylab zikr qiling!
Shukur qiling yurtdoshlarim.
Halol kasbu-koringizga,
Yegan burda noningizga,
Kam bo�lsa ham boringizga,
Shukur qiling yurtdoshlarim.
Tinch musaffo osmon uchun,
Shunday erkin zamon uchun,
Kelgan baxtli har on uchun,
Shukur qiling yurtdoshlarim.
Yuqoriga qaytish