Bu xayot yashash qiyinligi bilan qiziq bo'lsa kerak.
***
Men do'stim bilan xovlida shahmat o'ynab o'tirsam, ikkita yigit bir-biriga "zerikib bir partiya shahmat o'ynagandan ko'ra, o'n partiya narda o'ynaganim yahshiroq" - deb o'tib ketishdi. eeeh... Tushunmagan...
***
Xayot zerikarli o'tgandan ko'ra, xazil-mutoyibali o'tgani yaxshiroq.
***
Agar cho'milmoqchi bo'lsangiz bir chelakni suvga to'ldirib qo'yib keyin cho'miling! Tag'in suv tugab qolib, yuzingizni sovun achishtirib qo'ymasin.
***
Odamlar nuqul: Ish yo'q... Ishlash qiyin... Pul topish qiyin... To'y qilish qiyin... Umuman kun kechirish qiyin deyishadi-yu, lekin bozorda yigirma ming so'mlik oyoq kiyimi bilan ellik ming so'mlik kastyum-shimni ko'rib, - "e-e-e, arzon narsaning sifati yo'q bo'ladi. Yur yaxshisidan qidiraylik" - deyishadi. Yoki dabdabali to'ylar qilishadi.
***
Odam rivojlanishi va yaxshi yashashi uchun faqatgina bilimning o'zi yetarli emas, unga tajriba ham kerak.
***
Ko'pchilik xayotni shafqatsiz, yovuz, bevafo deb tariflashadi. Lekin men xayotni ko'zguga oxshataman. Ko'zguga qarasangiz aksingizni ko'rsatganday, xayotga qanday qarasangiz shunday bo'lasiz. Xayotdan nima qidirsangiz - shuni topasiz. Xayotning faqat bitta bevafoligi bor: bizni mangu bag'riga sig'dira olmaydi.