Mening hayotimdagi qadrli bo'lgan insonlar nomini shu yerda tilga olib o'tmoqchiman. Chunki ular mening shu kunga yetishishimga ota-onamdan keyin sababchi bo'lgan insonlardir. Maktabda o'qib yurgan davrimizda sobiq direktorimiz: (rahmatlik) Sultonboy Matyoqubov, keyingi direktor: Rajabboy Yusupov, 1-sinfga borganimda kongil ochib kutib olgan va 5 yil sinfimizga rahbarlik qilgan ilk ustozim: Bikajon To'rayeva, 6-sinfdan 11-sinfgacha sinfimiz rahbari: Malika Boltayeva, 2001 yilda Matematika fanidan "Viloyat anjumanida" 1-o'rinni olishimga sababchi bo'lgan ustozimiz: Madrahim Matrizayev, Fizika va matematika ustozlarimiz: Bahrom Rahmatullayev, Muzaffar Jumaniyozov, Infarmatika fani ustozimiz: Komiljon Bekchonov, Tatix fani ustozlarimiz: Bikajon Otojonova, Farhod Bobojonov, Qurbonoy Bobojonova, Ximiya fani ustozimiz: Hasanboy Jabborov, Nemis tili fani ustozlarimiz: Dilbar Sadaddinova, Ro'zmat Madrahimov, Rus tili ustozlarimiz: Sayyora Razzoqova, Muhabbat Ro'zmetova, Gulchehra Japakova, Odobnoma fani ustozimiz: Bonu Inoyatova, Rasm fani ustozimiz: Dilorom Matchonova, Muzika fani ustozimiz: Ibragim Bobojonov, Jismoniy tarbiya fani ustozimiz: Ergash Abdukarimov.
Men ustozlarimdan minnatdorman. Ularning ishonchini oqlashga harakat qilaman. Umrlari uzoq bo'lsin!!!
Qiziq voqea
Sinfdoshlar hech qachon unutilmaslik ramzi sifatida saytning "Sinfdoshlar" sahifasi yaratildi. Axir maktab davrini unutib bo'ladimi?! Maktab davrimizni sog'inib esga olamiz... Negadir u paytlar qadriga etmagan ekanmizmi... yoki bolalik davri o'tib ketganidan keyin qadrli tuyular ekanmi... . Nima bo'lganda ham o'tib ketgan vaqtni ortga qaytara olmaymiz. Bolalikdagi quvnoqlik, beg'amlik, ilk muhabbat va bo'lib o'tgan qiziq voqealarni faqatgina eslaymiz. Shuningdek bizning maktabimizda ham bir qiziq voqea bo'lib o'tgan. To'grirog'i men qovun tushirib qo'yganman desam ham bo'ladi. Men 11b sinfning sinfkomi, oqituvchilarimizning ishongan oquvchisi edim. Bizning sinfimiz xonasi to'g'risida 8a sinfning xonasi joylashgan. Bizning sinfimiz yigitlari sho'x bolgani uchunmi... yoki 8a sinfning qizlari chiroyli, faol bo'lganligi uchunmi... biz ular bilan gohida ahil edik, gohida esa kelisha olmasdik. Bizga jismoniy tarbiya darsi 8a sinfga esa yoshroq o'qituvchi matematika fanidan jon kuydirib dars o'tib turgan edi. Bizning sinfimiz sho'x yigitlari 8a sinf xonasini bittasi ochib qochar, ikkinchisi yopib qochar, uchinchisi esa taqqillatib qochardi. (Agar yoshi kattaroq o'qituvchi dars o'tayotgan bo'lsa hech kim u xonaga yaqinlasha olmasdi.) Bizlarning bu sho'xligimiz 8a sinf qizlariga yoqar edi, lekin o'qituvchining jahli chiqdi. Mening esa o'qituvchiga rahmim keldi. O'qituvchiga kimligini aytay desam - yigitlik g'ururim yo'l qo'ymadi, yanayam bo'lsa sinfdoshlarimni (kamandamni) "sotamanmi"... ?! Aytmay desam o'qituvchiga rahmim kelyapti va sinfdoshlarim hech bo'ldi qilmayapdilar. Bizning xonamizning kaliti u xonaning qulfiga to'g'ri kelishi esimga tushib qoldi. Buni mendan boshqa hech kim bilmas edi. Shunda men darsning ohirigacha o'qituvchining dars o'tishiga hech kim halaqit bermasligi uchun qulflab qo'ymoqchi bo'ldim va shunday qildim ham. O'qituvchi va o'quvchilarning ustidan qulflab ko'chaga - sport maydoniga chiqib ketdim. Futbol o'ynab yurib, o'yinga qizib ketganimdan dars tugaganini sezmay qolibman. O'yin tugagach 8a sinf xonasini qulflab ketganim esimga tushib qoldi. Yugurib 8a sinf xonasiga keldim. O'qituvchi va o'quvchilar to'planib turishibdi, lekin xona eshigini hech kim ocholmayapti, chunki eshikni ichkaridan ochib bo'lmas edi-da. U xonaning kaliti esa ichkarida edi. Men nima qilishni bilmay qoldim. Agar eshikni ochsam men qulflaganimni bilib qolishadi. Hayriyat, eshikni ochishdi. Biroz yengillashdim, lekin bu hali xolva, janjal endi boshlanadi. Bu voqea maktab direktoriga ham yetib bordi va bizni chaqirtirdi. Direktor xonasining oldida (koridorda) 11-sinf yigitlari bir qator bo'lib tizilib turibmiz. U yerda yana sinf rahbarimiz: M. Boltayeva, 8a sinf rahbari: S. Matyoqubov va maktabimiz direktori: R. Yusupovlar turishibdi. Ustozlarimiz bizdan bu ishni kim qilganini so'radilar, lekin sinfdoshlarimdan hech qaysisi xonani kim qulflaganini aytmadi. Sodiq do'stlarim ekan meni "sotmadilar". Men ham aytishga qo'rqib turaverdim. Keyin o'zimizning xonamizga keldik. So'roq davom etyapti. Sinf rahbarimiz: "Aytmasangizlar ota-onangizni chaqirtiraman deyishdi". Sinfdoshlarim shunda ham jim turaverdilar. Men "sinfdoshlarim meni deb baloga qolishmasin, nima bo'lsa bo'lar" deb - endi aytmoqchi edim sinf rahbarimiz: "Doniyor sen o'sha yerda turgan ekansan kim qulflaganini ko'rgansan ayt!" dedi. Keyin men o'zimni qo'lga olib, xonani men qulflaganimni aytdim. Ne ko'z bilan ko'ray. Ustozlarim menga ishonmadilar. "Bu ishni sen qilmagansan do'stlaringni "sotmaslik" uchun o'z bo'yningga olyapsan deyishdi". Ustozim Sultonboy Matyoqubovning joyi jannatdan bo'lgan bo'lsin, tilla odam edi. Qolgan ustozlarimning umrlari uzoq bo'lsin!!!